Testlarning ishonchlilik va validligi o’rtasidagi munosabat
Tayanch tushunchalar:validlik, mazmuniy validlik, empirik validlik. Psixodiagnostika metodikalarining ilmiy xarakterini ta’minlovchi komponentlardan biri validlik hisoblanadi. Validlikning asosiy xususiyatiini tushunishda uning ta’rifini keltirib o’tishga to’g’ri keladi. Validlikning eng sodda ta’rifini keltirib o’tamiz. «Testning validligi — test nimani o’lchashi va u buni qanday yaxshi bajara olishini ifodalovchi tushuncha». Metodikalarning validligini ta’rifi uning ishonchliligidan farqini ifodalab beradi. Psixodiagnostika metodikalarini amaliyotda qo’llashda ularning validligini ta’minlash loztim bo’ladi. Bu esa psixodiagnostika amaliyotda qo’llanilayotgan metodikalarning validligini ta’minlashda uning turlariga tayaniladi.
Amaliyotda validlikning quyidagi turlarini kuzatiladi:
Validlik turlari:
Biz quyida validlikning ayrim turlari va amaliyotda tushunish imkoniyat ta’minlash engil bo’lgan turlarini keltirib o’tamiz.
Mazmuniy validlik (content validation).
U ko’pincha “mantiqiy validlik” yoki “aniqlash bo’yicha validlik” deb ham nomlanadi. Mazmuniy validlik mutaxassis tomonidan testning validlik deb bildirgan mulohazasi orqali aniqlanadi.
Mazmuniy validlik ko’rinib turgan, yuzadagi, tashqi validlik (face validity) dan farq qilib kuzatiladi. Tashqi validlik- tekshiriluvchi nuqtai nazaridagi validldikdir. U tekshiriluvchida test yo’riqnomasi va materiallari bilan tanishishda shakllanadi, o’lchash predmeti haqidagi taassurotlarini ifodalaydi. Tashqi validlik testlashtirish jarayonida muhim rol o’ynaydi, chunki aynan u birinchi navbatda tekshiriluvchining tekshiruvga munosabatini aniqlaydi.
V.A.Avanesov tekshiriluvchilarda tashqi validlikni yo’qligi tufayli testni bajarishdan bosh tortish holati bilan bog’liq misol keltiradi. Bir sotsiologik tadqiqotda baliqchilik floti moryagi anketani to’ldirishdan bosh tortgan holat kuzatiladi. Bunga sabab anketa moryaklar uchun tuzilmaganligi sabablidir. Agar so’rovnoma dengiz atamalari bilan bog’liq tuzilganda edi, u holda tekshiriluvchilarda katta ishonch uyg’otgan bo’lar edi. Aynan ushbu holatning kuchiga ko’ra tashqi validlik ba’zan ishonchli validlik ham deb nomlanadi.