Valyuta operatsiyalarini tashkil etish,valyuta pozitiyasi va nazorati



Yüklə 78,54 Kb.
səhifə2/2
tarix06.03.2023
ölçüsü78,54 Kb.
#86852
1   2
BANK ISHI (2)

Joriy va muddatli operatsiyalar
Xalqaro iqtisodiy, shuningdek valyuta-kredit va moliya, munosabatlari qatnashchilari risk ostida faoliyat ko‘rsatadilar. Bu tijorat risklariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. shartnoma tuzilgandan so‘ng narxning o‘zgarishi;
2. importchining tovar qabul qilishdan bosh tortishi, ayniqsa hisob-kitob inkasso shaklida bo‘lganda;
3. xujjatlardagi yoki tovar uchun to‘lovlardagi hatolar;
4. valyuta mablag‘larini suiste’mol qilish yoki o‘g‘irlash, ularni qalbakilashtirish;
5. xaridor yoki qarzdorning to‘lovga noqobilligi;
6. valyuta kurslarining nobarqarorligi;
7. inflyasiya;
8. foiz stavkalarining o‘zgaruvchanligi va boshqalar

3.Valyuta pozitsiyasi va nazorati.

  • Valyutali banklar chet el valyutasini sotish va sotib olish huquqiga egalar:
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining «Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish» qoidasida ochiq valyuta pozitsiyasi uchun quyidagi limitlar o‘rnatilgan:
  • Ixtiyoriy valyutada ochiq valyuta pozitsiyasi limiti har bir operatsion kun oxirida valyutali banklarda regulyativ kapitalning 5%idan oshmasligi va bankning umumiy ochiq valyuta pozitsiyasining limiti har operatsion kunning oxirida uning bank regulyativ kapitalining 20%idan oshmasligi lozim;

Summali ochiq valyuta pozitsiyasida uzun valyuta pozitsiyasi ko‘rinishi o‘rnatiladi. Valyutani sotish va sotib olishda bank faqat ochiq valyuta pozitsiyasidan foydalanmaydi. Kun ora banklarda umumiy valyuta pozitsiyasi «Nostro» schyoti bo‘yicha olib boriladi. Quyidagiga ko‘ra ular to‘lovi foydalanadigan kungacha o‘rnatiladi. Agar to‘lovlar kirim bilan qo‘shilib ketsa, bir schyotdan boshqa schyotga mablag‘larni o‘tkazishda xatolikka yo‘l qo‘yilsa, bunda bank kun ora ochiq maxsus schyot bo‘yicha tekshirish o‘tkazadi.
Chet el valyutasini sotish va sotib olishda bank valyuta pozitsiyasi limitiga rioya qilishi kerak. Bank valyuta operatsiyalarini bajarganda valyuta operatsiyalarining bir qismini sarflaydi. Bunda bankning xorijiy valyutalar bo‘yicha majburiyati va talablari orasidagi nisbat o‘zgaradi. Bankning xorijiy valyutalarni sotish va sotib olish jarayonidagi valyutalar bo‘yicha talab va majburiyatlari nisbati holati banklarning valyutaviy holati deyiladi. Valyutaviy holat ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin.
Hohlagan bir valyuta bo‘yicha ochiq valyuta pozitsiyasi deganda bankning shu xorijiy valyuta bo‘yicha aktivlarining majburiyatlaridan oshgan summasi tushuniladi va u uzun valyuta pozitsiyasi deb yuritiladi. Bank valyutani sotib olganda u uzun valyuta pozitsiyasiga ega bo‘ladi va uni shu valyuta bo‘yicha boshqalar oldida talabi oshadi, sababi sotgan tomon valyutani etkazib berish majburiyatini olgan.
Aksincha, shu valyuta bo‘yicha majburiyatlarning aktivlardan oshsa, ya’ni xorijiy valyutani sotish uni sotib olishdan yuqori bo‘lsa valyuta pozitsiyasi qisqa bo‘ladi. Xorijiy valyuta sotganda qisqa valyuta pozitsiyasi yuzaga keladi, sababi valyutani sotib olgan tomongan etkazib berish majburiyati shakllanadi
Agar valyuta bo‘yicha talablar va majburiyatlar teng bo‘lsa valyuta pozitsiyasi yopiq bo‘ladi.
Valyuta pozitsiyasining umumiy holati(summasi) deganda barcha valyutalar bo‘yicha uchun(qisqa) pozitsiyalar umumiy summasi tushuniladi.
Agar bank operatsion kun davomida valyuta operatsiyalarini olib borishda ochiq valyuta pozitsiyasi bo‘yicha qo‘yilgan limitdan ortiq operatsiya amalga oshirgan, ya’ni valyutani ko‘p sotib olgan bo‘lsa bo‘lsa, u holda valyuta pozitsiyasi ortiq sotib olingan valyutani sotib yuborish yo‘li bilan balanslashtirib yopiladi.
Vakolatli banklar ochiq valyuta pozitsiyasi limitiga hisoblangan foizlar, ko‘chmas mulk, qimmatli qog‘ozlar va boshqa moddiy qiymatliklarni sotish yoki sotib olish bilan bog‘liq valyuta operatsiyalarini ham amalga oshiradi. Vakolatli banklar o‘zlarining joylaridagi filiallari uchun ochiq valyuta pozitsiyasining chegarasini mustaqil belgilashlari mumkin. Lekin filiallar bo‘yicha belgilangan ochiq valyuta pozitsiyasining yig‘indisi bank bo‘yicha uning o‘z mablag‘larining 20%idan oshmasligi lozim.
Vakolatli banklar har oyda oyning 3chi kunigacha Markaziy Bankka o‘zlarining ochiq operatsiyalari va unga rioya qilinganligi to‘g‘risida hisobot berishlari lozim.
ETIBOTINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 78,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin