2. O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatining davlat budjetini barqarorlashtirishdagi roli.
Davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. Eng avvalo, Davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’linadi:
tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari.
Budjetning daromadlar qismini to’ldirishning manbalaridan biri budjet tizimida boshqa darajada turgan budjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi budjetning daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham budjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi. Hozirgi amaliyotda Davlat budjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiya qilinayapti: