chiqqan holda mavzuning asosiy tayanch tushunchalarni ajrata olish ularni tahlil qilish va ta’riflashga
yordam beradi.
Darsda o’yinni qo’llash quyidagicha amalga oshiriladi:
1.O’quvchilar guruhlarga bo’linadi.
2. So’ng oq qog’ozdagi o’yin topshirilib vaqt(5minut) beriladi.har usulimizga 5 daqiqadan ajratamiz
3.Vaqt tugagandan so’ng guruhlardan topshiriqlar yig’ib olinadi va tog’ri javoblar tekshiriladi.
4.So’ng ko’proq ball olgan guruh o’quvchilari rag’batlantiriladi.
III.Yangi mavzuni tushuntirish:
Magnit maydonni harakatdagi zaryad yoki elektr toki hosil qiladi.Magnit maydoni harakatlanayotgan zaryadlangan zarraga yoki tokli o'tkazgichga ta'sir qiladi.Magnit maydonning elektr maydoni bilan boĝliqligini birinchi bo'lib tajribada Daniyalik fizik X.Ersted aniqlagan.U tokli o'tkazgich magnit maydonining magnit strelkasiga ta'sirini o'rgangan.Magnit maydonni magnit maydon induksiya vektori-B xarakterlaydi.Magnit maydoni harakatsiz zaryadli zarraga ta'sir qilmaydi. Magnitning magnit ta'sirieng kuchli bo'lgan joylari magnit qutblari deb ataladi. Har qanday magnitda ikkita:Shimoliy (N)va Janubiy(S)qutblari bo'ladi.Tabiatda alohida magnit zaryadlari mavjud emas.Yer ham magnit maydoniga ega.Ammo Yerning magnit qutblari uning geografik qutblariga to'g'ri kelmaydi.Magnit maydonida joylashgan tokli o'tkazgichga maydon tomonidan ta'sir etuvchi kuch Amper kuchi deyiladi.
Amper qonuni:Bir jinsli magnit maydonidagi tokli o'tkazgichga ta'sir etuvchi F kuch o'tkazgichdan o'tayotgan tok kuchi,I, o'tkazgich uzunligi l,magnit maydon induksiya vektori-B va o'tkazgich bilan magnit induksiya chiziqlari orasidagi burchak a ning sinusiga ko'paytmasiga teng:
F=IBl sina
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “O'rmonda fizika shohi kim” texnologiyasidan foydalanamiz.
Ushbu metod o’quvchi(talaba)larda mavzuga doir savollarga to’g’ri javob berish, ularning fikrlarini bilish, o’quvchilar mavzuga qay darajada tushunganligini bilib olish imkonini beradi.
Darsda metodni qo’llash quyidagicha: O’qituvchi o’quvchilarni 12 guruhga bo’ladi.
Va metod bo’yicha tushuncha beriladi. Vaqt belgilanadi.
O’qituvchi tomonidan javob tinglanib ball beriladi.
So’ng guruhlardan yig’ilgan ballar hisoblanadi.
Ko’p ball yig’gan guruh g’olib bo’lib ular O'rmonda Fizika shohi bo'lishadi.O'quvchilar rag’batlantiriladi.
V.Uyga vazifa berish:
Mavzuni mustahkamlash va mavzuga doir mashqlarni yechish