Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning vaqt davomida o’zgarishi dinamika deb, shu jarayonni tahriflovchi ko’rsatkichlar qatori esa vaqtli qatorlari deb yuritiladi.
Hodisalarning vaqt davomida o’zgarishini tahriflovchi statistik ko’rsatkichlar qatori vaqtli qator deb yuritiladi.
Vaqtli qatorlar ikki elementdan tarkib to’adi: biri vaqt momentlari yoki davrlar, ikkinchisi - ularga tegishli ko’rsatkichlar.
Vaqtli qatorlar uzoq muddatli tendentsiya, ayrim davrlarga xos tsiklik yoki lokal o’zgarishlar, kundalik tebranishlar va mavsumiy o’zgarishlarni o’zida mujassamlashtirishi mumkin. Vaqtli qatorlar quyidagilar bilan xarakterlanadi:
uzoq muddatli harakat yo’nalishi, yahni umumiy asriy tendentsiya;
qisqaroq davrlarga xos tsiklik yoki lokal o’zgarishlar;
Vaqtli qatorlar tahlilida hisoblanadigan ko’rsatkichlar:
Mutlaq qo’shimcha o’sish yoki kamayish- har qaysi keyingi davr darajasidan boshlang’ich yoki o’zidan oldingi davr darajasini ayirish yo’li bilan aniqlanadi.