Variant 1 Akslanish nazariyasi


Fizika fani va fizikaviy bilimlarning paydo bulishi haqida



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə2/59
tarix10.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#128300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
$R9R6LUP

2.Fizika fani va fizikaviy bilimlarning paydo bulishi haqida
“Fizika” so‘zini birinchi marta Aristotel (eramizdan oldin 384 – 322 yy.) ishlatgan. Uning birinchi kitobi tabiat haqida bo‘lib, “Fizika” deb nomlangan. Ikkinchi kitobi falsafaga bag‘ishlangan va “Metafizika”, Ya`ni “Fizikadan keyin” deb atalgan. Fizika o‘zbek tilida XX asr boshlarigacha “Ilmi hikmat”, “Hikmat”deb Yuritilgan. Ma’lumki, fizika, kimyo va biologiya tabiat haqidagi asosiy fanlar hisoblanadi. Bu fanlarning har birining o‘z tadqiqot doirasi va usullari bor. Katta jismlar (makrodunyolar) zaminida moddiy zarrachalar (mikrodunyolar) yotganidek, kimyo va biologiya asosida fizik jarayonlar yotadi. Fizika fani jonsiz tabiatning mikro, makro va megadunyolar deb ataluvchi katta va kichik moddalar hamda har xil fizikaviy maydonlar harakati bilan shug‘ullanadi. Bu moddiy narsalar: elektron, proton kabi elementar zarralar va qum-tosh, raketa, sayyoralar, yulduzlar kabi katta jismlar hamda galaktikalar, kvazalar, pulsarlar kabi uzoq-uzoqdagi mega samoviy jismlar, gravitatsion, elektromagnit kabi fizikaviy maydonlar va boshqalar. Bularning hammasi materiyaning har xil shakllari bo‘lib, ularning mavjudligi bizga, bizning hohishimizga bog‘liq bo‘lmagan, ob’ekiv moddalardir. Ularning fizikaviy harakati va odamlar uchun foydali va zararli xususiyatlarini bilib olish – fizikaning vazifasiga kiradi. Materiya va harakat esa – falsafaning yirik tushunchalari, ya`ni kategoriyalaridir. Umuman, materiyaning massasi, tezligi, tezlanishi, energiyasi, impulsi, bosimi, xarakat qonuniyatlarini o‘rganuvchi, tadqiq etuvchi va bu sohalardagi yutuqlardan odamlar uchun foydalanish haqidagi tavsiyalarini beruvchi fan fizikadir. Gap materiya, harakat va qonuniyat haqida ketar ekan, - bu tushunchalarning hammasi fizikaniki emas, balki falsafaning kategoriyalaridir. 9 Fizika rivojini ham tarixiy, ham mantiqiy jihatdan to‘rt davrga bo‘lish mumkin: qadimgi fizika, o‘rta asrlar fizikasi, klassik fizika, va hozirgi zamon fizikasi. Odamlarda dastlabki fizikaviy tasavvurlar qadimgi Gretsiyada bundan Yigirma etti asr ilgari paydo bo‘lgan va keyinchalik rivojlana boshlagan. Demokrit, Epikur, Lukretsiy kabi olimlarning jismlar atomlardan tuzilgan degan g‘oYasi, Arximedning gidrostatikasi, Aristotelning harakat sohasidagi fikrlari, Ptolemeyning geosentrizm kabi tamoyillari fan sifatida fizikani shakllanishiga xizmat qildi. O‘rta asrlar fizikasi Sharqdan boshlangan. Kanallarni qurishda gidromexanika, gidrotexnika, gidravlika, geodeziYa va statika usullarining ishlatilishi – texnik fizikaning paydo bo‘lishidan darak beradi. Al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Farobiy, Beruniy, Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi olimlar osmon mexanikasi sohasida kinematikani yaratdilar va rivojlantirdilar. Tezlik, tezlanish, trayektoriya tushunchalarini boyitdilar. Klassik fizika, asosan, Galiley va Nyutondan boshlandi. XVII- XIX asrlarda gurkirab rivojlandi. U klassik mexanika, termodinamika, optika, elektr va magnetizmdan tarkib topgan. Hozirgi zamon fizikasi XX asrda klassik fizikani o‘zgartirilgan davomi sifatida nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi va sinergetika sifatida asosan Albert Eynshteyn, Nils Bor, Ilya Prigojindan boshlangan. Eynshteynning kashfiyotlari tabiatshunoslik bilan falsafa orasidagi bog‘lanishni yanada mustahkamladi. Hatto, A.Nerst shunday qiziq fikrlarni aYtdi: “Nisbiylik nazariyasi fizika nazariyasi emas, falsafa nazariyasidir”. Bu fikrga javoban Eynshteyn shunday dedi: “Hech qanday fizik olim olamni g‘oya yaratganligiga ishonmaydi, shuning uchun ham fizik-da. Shu bilan birga, bizning zamonamizda fiziklar falsafa bilan ilgarilarga qaraganda ko‘proq darajada shug‘ullanmoqlari kerak. Bunga fiziklarning o‘z fani qiynchiliklari majbur qilyapti”. Mashhur fizik, Nobel mukofotining laureanti P. Brijmen (1882 10 - 1961) shunday fikrni aytgan: “Meni Eynshteynning fizikasi emas, falsafasi qiziqtiradi”. Falsafa fizikadan ilmiy ozuqa oladi, fizika esa doim falsafiy metodologiyaga muhtoj

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin