Variant 1 Akslanish nazariyasi


massa birligi milliy boshlang’ich etaloni



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə59/59
tarix10.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#128300
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
$R9R6LUP

4 massa birligi milliy boshlang’ich etaloni
Kilogramm (qisqacha: kg) SI massa oʻlchov birligidir. U xalqaro kilogramm etaloniga teng, deb ta’riflanadi. 1 kg 1000 grammga teng. Xalq orasida kilo deb ataladi. Dastlab, normal atmosfera bosimida 1 litr toza suvning 4 °С dagi massasini 1 kilogramm deb atashgan.
Kilogramm (kilo... va gramm) — Xalqaro birliklar tizimi SIda massa oʻlchov birligi. kg bilan belgilanadi. 1dm3 (4° li) toza suv massasiga teng . Parij yaqinida joylashgan Sevr sh.dagi Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosida saqlanadigan diametri va bal. 39 mm li platina-iridiy (90 % Pt, 10% lr) ning silindr shaklidagi krtishmasi K. etaloni sifatida qabul qilingan (1889). K.ning ulush birligi gramm keng qoʻllanadi: 1 g = 0,001 kg . [1]
Hozirgi kunda kilogramm — SIda insoniyat tomonidan yaratilgan yagona jismdan iborat boʻlgan etalondir.

5 fundamental fizik doimiylar
Fundamental fizik doimiyliklar – materiyaning xossasini va tabiatning fundamental qonunlarini ifodalovchi tenglamalar tarkibiga kiruvchi doimiyliklardir. Fundamental fizik doimiyliklar kuzatilayotgan hodisalarning nazariy modelini yaratishda ifodalovchi matematik tenglamalardagi universal koeffisientlar ko‘rinishida vujudga keladi. “Doimiylik” so‘zi fizikada ikki xil ma’noni anglatishi mumkin: - ba’zi kattaliklarning soniy qiymati hech qanday tashqi parametrlarga bog‘liq bo`lmaydi va u vaqt davomida o‘zgarmaydi; 35 - ba’zi kattaliklarning soniy qiymatining o‘zgarishi ko‘rilayotgan masala uchun ahamiyatga ega bo`lmaydi. Masalan, geliosentrik doimiylik, Quyosh massasiga bog‘liq bo‘lgan gravitatsion doimiylikka teng bo‘lib, Quyoshning massasi kamayishi bilan uning qiymati ham kamayib boradi. Quyosh massasining nisbiy kamayishi 10-14 ga teng. Geliosentrik doimiylik osmon mexanikasining ko‘plab masalalarida qanoatlanarli tarzda doimiylik sifatida qo‘llaniladi. Shuningdek elektromagnit o‘zaro ta’sirlar intensivligini tavsiflovchi nozik strukturalar doimiysi yuqori energiyalar fizikasida qo‘llanilib, uzatiluvchi impulslarning ortishi bilan ortib boradi (kichik masofalarda), lekin uning o‘zgarishi ko‘plab sohalar uchun? Masalan, spektroskopiyada, oddiy hodisa hisoblanadi. Fizik doimiyliklar ikki guruha bo‘linadi: 1) O‘lchamga ega doimiyliklar; 2) O‘lchamsiz doimiyliklar. O‘lchamga ega doimiyliklarning sonli qiymatlari kattaliklarni o‘lchashlarda tanlab olingan birliklarga bog‘liq. O‘lchamsiz doimliklarning sonli qiymatlari birliklar tizimiga bog‘liq emas va yagona nazariya doirasida sof matematik yo‘l bilan anqilanishi shart. O‘lchamli fizik doimiyliklarning ichida ayrimlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkinki, ular orasida o‘lchamsiz kombinatsiyalar yuzaga kelmaydi, ularning maksimal soniy qiymati o‘lchashlarning asosiy birligiga teng. Masalan, yorug‘lik tezligi, Plank doimiysi va b. Qolgan barcha o‘lchamli fizik doimiliklar o‘lchamsiz doimiyliklar va fundamental o‘lchamli doimiyliklar ustida bajariladigan turli kombinatsiYalarga bog‘liq. Fundamental doimiyliklar nuqtai nazaridan qaraganda, olamning fizik qiYofasini evolyutsiyasi – bu fundamental doimiyliklarsiz fizikadan (klassik fizikadan) fundamental doimiyliklarga ega fizikaga (zamonaviy fizikaga) o‘tish davridir.
Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin