Variant 9 I. Test Ko`nikma nima?


Axborot turlari. axborotlarni kodlashtirishni o‘rgatish



Yüklə 128,43 Kb.
səhifə6/7
tarix14.10.2022
ölçüsü128,43 Kb.
#65127
1   2   3   4   5   6   7
Variant 9 I. Test Ko`nikma nima

2. Axborot turlari. axborotlarni kodlashtirishni o‘rgatish

Axborot — atrof-muHitdagi ob’ektlar, voqealar, ularning parametrlari, xususiyatlari va holati haqidagi ma’lumotlar bo’lib, ularni axborot tizimlari (tirik organizmlar, boshqaruvchi mashinalar va shu kabilar) qabul qilib,foydalanadilar
Biror ob’ekt yoki voqea haqidagi bitta axborot ma’lumoti (gazetadagi maqola, e’lon, xat, telegramma, hikoya, chizma, radioeittrish va shu kabilar) uni tushunish, unga qiziqish nuqtai-nazaridan turli toifadagi kishilar uchun turlicha axborot miqdorida yetkaziladi.
Masalan, yapon tilida tuzilgan ma’lumotning ushbu tilni bilmagan insonga hech qanday qizig'i yo’q. Biroq yapon tilini biladigan kishiga u qimmatli, muHim ma’lumot bo’lishi mumkin. Maxsus belgilar orqali ifodalangan ma’lumot ham bu belgilardan foydalanish qoidalarini bilmagan kishiga yangi ma’lumot bo’la olmaydi. Belgilar qoidasidan foydalanish ma’lum bo’lgandagina, ushbu ma’lumot ma’nosini anglash mumkin.
Axborot ma’lumotning tavsifi emas, u ma’lumot va uning iste’molchisi o’rtasidagi o’zaro munosabatni bildiradi. Iste’molchisiz ma’lumot ma’noga ega emas. Ma’lumot iste’molchi tomonidan o’zlashtirilgandagina axborotga aylanadi.
Axborot turli shakllar va ko’rinishlarda mavjud bo’lishi mumkin.:
  • Matnlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar ko’rinishida;


  • Yorug'lik nuri va tovush signallari ko’rinishida;


  • Radioto’lqinlar ko’rinishida;


  • Elektr va nerv impulslari ko’rinishida;


  • Magnit yozuvlari ko’rinishida;


  • Imo-ishora va mimika orqali;


  • Hid va ta’m ko’rinishida;


  • Avloddan avlodga o’tuvchi irsiy xromosomalar va shu kabilar ko’rinishida.


Axborot xossalari nuqtai nazaridan qaralayotgan moddiy va nomoddiy dunyoning predmetlari, jarayonlari, voqealari informatsion ob’ektlar deyiladi..


Axborot qandaydir manbadan qabul qiluvchiga xabar yoki ma’lumot ko’rinishida ular o’rtasidagi aloqa kanali orqali uzatiladi. Manba xabarni uzatishida uni uzatiladigan signalga aylantirib kodlashtiradi. Ushbu signal aloqa kanali orqali uzatiladi. Natijada qabul qiluvchida qabul qilingan signal hosil qilinib, u qabul qilingan ma’lumotga aylantirilishi uchun signaldan asliga qaytarish maqsadida dekodlashtiriladi.



Yüklə 128,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin