Variant I to`yinmagan uglevodorodlar. Alkinlar ularning tuzilishi va xossalari


Spirtlar va fenollarga,aldegid va ketonlar,karbon kislota va murakkab efirlar mavzulari bo`yicha kimyoviy eksperimentlar o`tkazish



Yüklə 158,83 Kb.
səhifə14/26
tarix17.10.2023
ölçüsü158,83 Kb.
#156710
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Variant I

3.Spirtlar va fenollarga,aldegid va ketonlar,karbon kislota va murakkab efirlar mavzulari bo`yicha kimyoviy eksperimentlar o`tkazish. Karbonil guruh kuchli qutblangan guruh hisoblanadi. Karbonil birikmalarning kimyoviy xossalari undagi karbonil guruhning qutblanganligi va uning turli nukleofillarni biriktirish qobiliyatiga ega ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Karbonil guruh -uglerod atomidagi vodorodning faolligini oshiradi va vodorod hisobiga ko‘pgina reaksiyalarni amalga oshirish mumkin.Karbonil birikmalar quyidagi reaksiyalarga kirishadi. Aldegidlar kuchli (KMnO4, K2Cr2O7) va kuchsiz oksidlovchilar ishtirokida oksidlanib kislotalarni hosil qiladi:
Aldegidlar juda oson oksidlanadi va bu xossalari bilan ketonlardan farq qiladi. 1-tajriba.Spirtlarni degidrogenlab aldegidlarni olish.Reaktivlar:metil spirit; etil spirit; fuksinsulfit kislota.Jihozlar:mis simli spiral, probirka, gaz gorelkasi yoki spirt lampasi, menzurka.Tajribani bajarish: a) Metil spirtini mis (II) oksidi bilan oksidlab chumoli aldegidini olish. Metil spirti bilan quruq probirka chayqaladi. Mis simli spiral gaz gorelkasi alangasida uning sirtida mis (II) oksidni qora qatlami hosil bo’lguncha qizdiriladi. Cho’g’day qizdirilgan spiral tayyorlab qo’yilgan probirkaga tushiriladi. Bu ish bir necha marta qaytariladi. Metil spirti o’tkir hidga ega formaldegidga oksidlanadi. Reaksiya davomida mis (II) oksidni qora qatlami bir zumda yo’qolib, tillarang mis hosil bo’ladi, mis oksidi mis metaliga qaytariladi. Chumoli aldegidni aniqlash uchun probirkaga 1 ml fuksinsulfit kislota eritmasi quyiladi. Bir qancha vaqtdan so’ng binafsha rang hosil bo’ladi.b) Etil spirtini mis (II) oksidi bilan oksidlab sirka aldegidini olish.Etil spirti bilan quruq probirka chayqaladi. Mis simi spiral gaz gorelkasi alangasida uning sirtida mis (II) oksidni qora qatlami hosil bo’lguncha qizdiriladi. Cho’g’day qizdirilgan spiral tayyorlab qo’yilgan probirkaga tushiriladi. Buni bir necha marta qaytariladi. Olma hidiga o’xshash sirka aldegid hosil bo’ladi.Sirka aldegidni aniqlash uchun probirkaga 1 ml fuksinsulfit kislota eritmasi quyiladi. Bir qancha vaqtdan so’ng binafsha rang hosil bo’ladi.2-tajriba.Etil nitritning olinishi. Reaktivlar: etil spirti; natriy nitrit; kontsentrlangan xlorid kislota; kaliy yodidning 10 % li eritmasi; natriy gidroksidning 0.5% li eritmasi; distillangan suv; muzli suv. Jihozlar: probirkalar; menzurka; pipetka; tarozi. Tajribani bajarish: 1 g natriy nitrit 1 ml suvda eritiladi va unga 1.5 ml spirt qo’shiladi va eritma muzli suvda sovutiladi. Boshqa probirkada 1 ml kontsentrlangan xlorid kislotaga 1 ml suv qo’shiladi hamda aralashma muzli suvda O0C gacha sovutiladi. Kislotani ehtiyotlik bilan oz-ozdan natriy nitritni suv-spirtli eritmasiga quyiladi. Bunda aralashma aralashtiriladi va izchil ravishda sovutiladi. Suvli eritma ustida o’ziga xos hidga ega etilnitritni sarg’ish qatlami qalqib chiqadi. 1 ml distillangan suv olib O0C gacha sovutiladi va unga 5 tomchi etilnitrit tomiziladi hamda uni ustiga 10 % li kaliy yodid eritmasidan 1-2 tomchi qo’shiladi. Hosil bo’lagan aralshmaga 1-2 tomchi xlorid kislota qo’shing. Bunda yod ajralmaydi. Boshqa probirkaga 1 ml sovuq suv solib uni ustiga 5 tomchi etilnitrit va 1 tomchi natriy gidroksidning 0.5% li eritmasi qo’shiladi va chayqatiladi. Murakkab efir qatlami va hidi xuddi shu zahoti yo’qoladi. 3 - tajriba. Nаtriy etilаtning hоsil bo’lishi vа gidrоlizi Rеаktiv vаmаtеriаllаr: etil spirt, nаtriy,fеnоftаlеin, prоbirkаlаr. Quruq prоbirkаgа 2-3 ml etil spirti sоlinаdi. Mоshdеk nаtriy mеtаllini kesib оlib, uni kеrоsin vа оksid pаrdаdаn tоzаlаb prоbirkаdаgi etil spirtigа ehtiyotlik bilаn sоlinаdi. Zudlik bilаn probirkaga gаz o’tkаzgich nаyli tiqin mаhkаmlаnаdi. (Nаtriy sоlingаn idishgа suv tushmаsligi zаrur!). Rеаksiya nаtijаsidа аjrаlib chiqаyotgаn vоdоrоd gаzi hаvоni siqib chiqаrgаndаn so’ng nаychаning uchigа аlаngа tutilаdi. Shundаn so’ng vоdоrоdni yonishini kuzаtаmiz. Hоsil bo’lgаn nаtriy аlkоgаlyatgа suv tа’sir ettirsаk, аlkоgаlyat gidrоlizlаnib ishqоriy muhit hоsil qilаdi. Prоbirkаdаgi nаtriy etilаtni 1-2 ml distirlаngаn suv bilаn eriting. Gidrоliz mаhsulоtlаrigа 1-2 tоmchi fеnоftаlеin tоmizing. Eritmа qizg’ish rаnggа bo’yalаdi:
C2H5OH + Na → C2H5ONa + H2
C2H5ONa + H2O → C2H5OH + NaOH4 - tajriba. Bоrаt kislоtа efirining hоsil qilinishiRеаktivlаr: bоrаt kislоtа, etil spirti, kоntsеntrlаngаn sulfаt kislоtа, tigеl, spirtоvkа.
Tigеlgа 2 gr gаchа bоrаt kislоtа sоlib qizdirilsа u dаstlаb suvsizlаnаdi, so’ngrа esа suyuqlаnаdi. Shundаn kеyin tigеl sоvutilsа, uning tаgidа tiniq qоtishmа hоsil bo’lаdi:
H3BO3 → HBO2 → H2B4O7 → B2O3 borat kislota
S

ovigan qotishmaga 5 ml etil spirti va 2 ml kontsenrlangan sulfat kislota qo’shib sekin qaynaguncha qizdiriladi. Bunda ajralib chiqayotgan bug’ga gugurt chаqilsа chirоyli yashil hоshiyali аlаngа bilаn yonаdi, bu borat kislotaning uchuvchan etil efiri hоsil bo’lgаnini bildirаdi:


S
B2O3+6C2H5OHH2SO4 2(C2H5OH)3B+3H2O

ulfat kislota ishtikida borat angidrit etil spirt bilan reaktsiya


Yüklə 158,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin