Variantsion qator gistogramma va poligor



Yüklə 126,12 Kb.
səhifə2/5
tarix27.06.2022
ölçüsü126,12 Kb.
#62373
1   2   3   4   5
VARIANTSION QATOR GISTOGRAMMA VA POLIGOR

Bosh va tanlanma to‘plam. Aytaylik, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning katta to‘piga tegishli biron-bir xususiyat (masalan, mahsulotning o‘lchami, og‘irligi, narxi va hokazo) o‘rganilayotgan bo‘lsin. To‘pga tegishli barcha mahsulotlar bosh to‘plamni tashkil qiladi deyiladi. Ko‘p hollarda , bosh to‘plamga mahsulotlar juda ko‘p miqdorda bo‘lib, ularning barchasini uzluksiz o‘lchash amaliyotda mumkin bo‘lmaydi. Ba’zi hollarda bu umuman mumkin bo‘lmasa, ayrim hollarda juda katta xarajatlarni talab qiladi. Bunday hollarda bosh to‘plamdan tasodifiy ravishda chekli sondagi mahsulot ajratib olinadi va ularning xususiyatlari o‘rganiladi. Bu jarayon tanlanmalarga olib keladi. Demak, tanlanma bosh to‘plamdan tasodifiy ravishda olingan elementlar. Tanlanmalar usuli deganda biz bosh to‘plamdan tasodifiy ravishda olingan elementlarga xos bo‘lgan qaralayotgan xususiyatlarni statistik tahlil qilib, shular asosida bosh to‘plam elementlariga xos bo‘lgan xususiyatlar haqida umumiy xulosalar chiqarishni tushunamiz.
Matematik statistikada har qanday mulohaza va xulosalar statistik ma’lumotlarga yoki boshqacha qilib aytganda tajriba natijalariga tayanadi. Odatda tajriba natijalari taqsimoti F(x) bo‘lgan X t.m.ning kuzatilmalaridan iborat bo‘ladi. Demak, kuzatilmalar bog‘liqsiz va X t.m. bilan bir xil taqsimlangan t.m.lar ekan.
Kuzatilmalardan tuzilgan ( ) vektor hajmi n ga teng bo‘lgan tanlanma deyiladi.
Endi X bilan X t.m. qabul qiladigan qiymatlar to‘plami bo‘lsin. X to‘plam bosh to‘plamdan iborat bo‘ladi. X to‘plam chekli yoki cheksiz bo‘lishi mumkin. Mavzu boshida ko’rilgan misoldagi barcha mahsulotlarning xususiyatlaridan iborat to‘plam-bosh to‘plam va shu xususiyatlarning sonli ifodasi esa X t.m. qiymatlaridan iborat bo‘ladi. Bosh to‘plam X dan qiymatlar qabul qiluvchi X t.m.ning taqsimot funksiyasini va sonli xarakteristikalarini (masalan, matematik kutilma, dispersiya, yuqori tartibli momentlar va hokazo) mos ravishda nazariy taqsimot va nazariy sonli xarakteristikalar deyiladi. Kuzatishlar asosida aniqlangan taqsimot funksiya va unga mos sonli xarakteristikalar empirik yoki tanlanma taqsimot funksiyasi va sonli xarakteristikalari deyiladi.

Yüklə 126,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin