Vatan va vatanparvarlik. Muzeylar-o’tmish va kelajak orasidagi ko’prik



Yüklə 21,67 Kb.
səhifə2/2
tarix19.05.2023
ölçüsü21,67 Kb.
#117199
1   2
Vatan va vatanparvarlik. Muzeylar-o’tmish va kelajak orasidagi k

Muzeylar.
Ilmiy-ma’rifat muassasalardan biri-muzeydir. Unda tarixiy, ma’naviy yodgorliklar saqlanadi, to’planadi, o’rganiladi hamda tashviqot qilinadi. Muzeyning tarbiyaviy ahamiyati katta. Bunda ko’gazma, ekspozitsiya shakllari alohida o’rin tutadi. Muzeylar yo’nalishi va kolleksiyalariga qarab, tarmoq, o’lkashunoslik va memorial turlarga bo’linadi.
Tarmoq muzeylar ishlab chiqarish, fan, san’atning bir tarmog’iga tegishli bo’ladi. Masalan, Amur Temur muzeyi, yaqinda qayta ishga tushgan tarix muzeyi, san’at muzeyi, tabiat muzeyi shu guruhga kiradi.
O’lkashunoslik muzeylari ham mavjud. Ularda ma’muriy, mintaqa, ya’ni viloyat tarixi, tabiati, xo’jaligi, san’ati, etnografiyasi va boshqa sohalari o’z aksini topgan bo’ladi. Bunday muzeylar barcha viloyatlarda mavjud.
Memorial muzeylar ham muhim o’rin tutadi. Unda muhim tarixiy voqealar, atoqli arboblar hayoti aks etadi. Shahidlar xotirasi, ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari bilan tanishtiruvchi Mustaqillik maydonidagi Xotira ko’rgazmasi memorial muzey safiga kiradi. Shu turdagi muzeylar qatoriga O.Tansiqboyev, Tamaraxonim, Oybek uy muzeylarini kiritsa bo’ladi.
O’zbekiston jahondagi muzeylarning xalqaro tashkilotiga a’zo bo’ldi. YUNESKO tarkibidagi Xalqaro muzey Kengashi Ozbekistonga e’tibor berishi bejiz emas. Chunki Samarqand, Buxoro, Xivadagi qadimiy yodgorliklar, muzeylardagi qimmatbaho ashyolar barchani qiziqtiradi.
Amir Temur muzeyi haqida. Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996-yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan О’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan va bevosita rahbarligi ostida, О’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 martdagi 99-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Tadqiqotlarning asosiy yо’nalishlari: - mamlakat madaniyati va ma’rifati tarixining muhim yо’nalishlari bо’yicha ilmiy-amaliy izlanishlarni ishlab chiqish; - respublika jamoati va xorijiy davlat vakillarini Temuriylar davri tarixi bilan tanishtirish; -respublika hamda xorijda о’rganilayotgan davr bо’yicha yozma manbalar va ashyolarni tо’plash; - mavzuiy, tarixiy hujjatlar, qо’lyozmalar, moddiy-madaniy yodgorliklar, arxeologik qazilmalar va h.lar yordamida Amir Temur va temuriylarning jahon madaniyati va faniga qо’shgan hissasini aks ettiruvchi doimiy va davriy ekspozitsiyalar, kо’chma kо’rgazmalarni tashkil etish.
Noyob ilmiy obyektlar: Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosi va ekspozitsiyasi. Muzey binosi о’zida о’rta asrlar (aniqrog’i, temuriylar davri) sharq va zamonaviy arxitektura uslublarini mujassam etgan. U katta aylana shakliga ega bо’lib, gumbazi kо’p qirrali, tomi panjarali. Ochiq ayvonlari va ustunlari bor.
Tashqaridan bino ajib naqshlar bilan bezatilgan. Muzey «Davlat noyob ilmiy obyektlar rо’yxati»ga kiritilgan. Muzey fondlarida О’zbekiston tarixi, jumladan Amir Temur va temuriylar davrini aks ettiruvchi eksponantlar saqlanadi; ular –qо’lyozmalar, har xil xatlar, etnografiya, me’morchilik buyumlari, kumush va mis tangalar, sopol va mis idishlar va h. 2006 – 2011-yillar mobaynida 17 ta kо’rgazma tashkil etildi. «Amir Temur – Klavixo – Samarqand», «Yozuv madaniyati tarixi», «Amir Temur hayotidan lavhalar», «Xorij merosi», «Samarqand 2750 yoshda», «Shohruhiya topilmalari», «Toshkent – islom madaniyati markazi», «Toshkent –Sharq yulduzi», «Imzolar», «Noyob qо’lyozmalar xazinasidan», «Temuriylar davri renessansi», «Temuriylar davlatida diplomatik aloqalar» va hokazolar shular jumlasidandir. Yoshlarni vatanparvarlik va milliy iftixor, tarix, buyuk shaxslar va о’tmish merosiga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida muzeyda bir qator adaniyma’rifiy tadbirlar о’tkazildi. Masalan: «Buyuk qalam ustalari», «Temuriylar davri huquqiy merosi», «Amir Temur avlodlari», «Tarix marvaridlari», «Buyuk siymo».
Mavzuiy ekskursiyalar ham о’tkazilgan: «Amir Temur va Yevropa», «Amir Temurning jang san’ati», «Amir Temur davrida tibbiyot», «Temur tuzuklari», «Ulug’bek davrida Movarounnahr», «Temuriy malikalar», shuningdek, muzeyning boy eksponatlaridan foydalangan holda boshqa tadbirlar ham tashkil etilgan. Muzey ekspozitsiyalarini tomosha qilishga kо’plab chet elliklar, rasmiy delegatsiyalar ham tashrif buyurishadi. Amir Temur va temuriylar davri tarixi bilan tanishish jarayonida ular boy taassurotlarga ega bо’lishadi. Kо’rsatilgan muddat ichida muzeyga turli mamlakatlarning 600 dan ortiq rasmiy delegatsiyalari tashrif buyurishgan. Temuriylar davri tarixi bilan yaqindan tanishgach, о’z taassurotlari va fikr-u mulohazalarini “Faxriy mehmonlar kitobi”ga yozib qoldirishgan. Mana shu yozuvlar asosida muzeyda “Imzolar” kо’rgazmasi tashkil etilgan. Muzey tashkil etilganida uning fondlarida 600 ta predmet bor edi. Hozirgi kunda muzey ekspozitsiyalarining о’zi 2000 dan ortiq eksponatni tashkil etadi. Muzey ochilganidan beri uning eksponantlarini 1 6500 00 dan ortiq odam tomosha qilishga muvaffaq bо’lgan.
Yüklə 21,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin