Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


 Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida didaktik o’yinlar



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 10.2.2. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida didaktik o’yinlar 
o’tkazish texnologiyasi. 
Umumta’lim maktablarida iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslari 
VIII- IX sinflarda o’rganiladi. Mazkur kurslarda quyidagi mavzular 
bo’yicha didaktik o’yinlarni ishlab chiqish mumkin:
 
-tabiiy resurslar va ulardan foydalanish; 
-siyosiy karta va uning shakillanish bosqichlari. Davlatlar va ularning 
turlari; 
-aholi geografiyasi, ko’payishi, tarkibi, shahar va qishloq aholisi, 
urbanizatsiya darajasi, axolini ko’chib yurishi; 
-ilmiy - texnik inqilob va uning ishlab chiqarishni rivojlanishiga ta’siri. 
Sanoatini industrial orti rivojlanishi; 
-mehnatni xalqaro geografik taqsimoti. Xalqaro ixtisoslashuv, 
mintaqaviy va tarmoq ixtisoslashuvi; 
-sanoat va uning tarmoqlari. Materiklar va alohida davlatlar sanoati; 
-qishloq xo’jaligi va uning tarmoqlari. Materikklar va alohida davlatlar 
qishloq xo’jaligi; 
-transport va xalqaro iqtisodiy aloqalar; 
-mintaqalar va davlatlar iqtisodiy geografiyasi. 


Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kursi bo’yicha individual va guruhli 
didaktik o’yinlarni ishlab chiqish mumkin. 
1.Afrika materigi siyosiy kartasidagi davlatlarni chegarasi bo’yicha 
qirqib olib, ularni joylashtirish bo’yicha o’yin tashkil qilinadi. Bunda 2-3 ta 
o’quvchi navbat bilan davlatlarni joy-joyiga to’g’ri qo’yib chiqadi. Kim 
qisqa vaqtda mazkur ishni bajarsa o’sha g’olib hisoblanadi. Bunda 
o’quvchilarni siyosiy karta va davlatlarni geografik joylanishi xaqidagi 
bilimlari tekshiriladi. 
2.Maydoni 1 mln. km

ortiq bo’lgan davlatlar soni qaysi materikda 
ko’p ekanligini aniqlang. 
3.SHarqdan-g’arbga, shimoldan-janubga geografik o’yini. O’qituvchi 
yoki o’yin boshqaruvchisi sinf o’quvchilariga besh va undan ortiq davlat 
nomi yozilgan kartochkalar tarqatadi. O’yin ishtirokchilariga kartochkada 
yozilgan davlatlarni ma’lum tartibda ya’ni sharqdan g’arbga yoki 
shimoldan janubga tomon tartib bilan, ma’lum ajratilgan vaqt ichida yozib 
chiqishlari topshiriladi. Masalan, kartochkada quyidagi davlatlar yozilgan 
deylik: Jazoir, Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Liviya, Misr, Saudiya 
Arabistoni, Marokash, Kongo, Tunis, Efiopiya. Agar sharqdan g’arbga 
ma’lum tartibda davlatlarning nomini yozish talab etilsa – Saudiya 
Arabistoni, Misr, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash tartibida yoziladi. Agar 
shimoldan janubga tomon yozish talab etilsa quyidagi tartibda Latviya, 
Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo. 
SHunga o’xshash geografik o’yinlarni har bir davlat iqtisodiy va 
ijtimoiy geografiyasi bo’yicha ham ishlab chiqish mumkin. 
O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiiy geografiyasi va uning tarmoqlari 
bo’yicha qator didaktik o’yinlar ishlab chiqib, o’quvchilarni bilish 
faoliyatini jadallashtirish mumkin. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin