topshiriqlar darslikni turli joylarida uchraydi: yangi mavzu oldidan; matn
ichida; matnning oxirida.
Darslik matni oldida joylashgan savol va topshiriqlar o’quvchilar
tomonidan ilgari olingan bilimlarni faollashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Masalan, biror hududni iqlimini o’rganishdan oldin iqlim hosil qiluvchi
omillar haqidagi bilimlarini faollashtirish.
Matn ichidagi savol va topshiriqlar o’quvchilarni fikrlash faoliyatini
yangi o’quv materialini o’zlashtirishga yo’naltiradi. Matnning so’ngida
berilgan savol va topshiriqlar esa olingan bilim va ko’nikmalarni qo’llashga
yo’naltiradi. Masalan, daryolar mavzusini o’tganda, daryo nima, o’zan
nima, daryo vodiysi, daryoni to’yinishi haqida olingan bilimlarni qo’llash
mumkin.
Yirik bo’limlar so’ngida berilgan savol va topshiriqlar umumalashgan
xususiyatga ega, bilimlarni tartibga solishga undaydi, o’quvchilarni
umumiy dunyoqarash bo’yicha xulosalar qilishga olib keladi.
Matndagi ko’rgazmali materiallarga quyidagilar kiradi: matndagi
kartalar; muqovadagi kartalar; diagrammalar, chizmalar va jadvallar;
rasmlar va fotografiyalar; turli xil kesmalar; orografik chizmalar.
Ko’rgazmalar faqat matn mazmunini boyitibgina qolmasdan alohida bilim
manbaii bo’lib ham hisoblanadi.
Geografiya darsliklarining oxirida berilgan atama va tushunchalar
lug’atida mazkur kursda berilgan tushunchalar tizimining ro’yxati beriladi.
Dostları ilə paylaş: