yo’llarini joylanishi va ulardan ekspeditsiya a’zolarini qanday foydalanish
darajasiga bog’liq.
Transport korxonalari quruqlik, suv, havo, quvur turlariga bo’linadi.
Quruqlik transporti o’z navbatida quyidagi guruhlarga bo’linadi:
temir yo’l, avtomobil.
Transport korxonalari o’rganilganda quyidagi holatlarga e’tibor
beriladi.
1. Tabiiy sharoitni transportni turli xillariga ta’siri.
Tekislik, tog’lar,
qumlar, daryolar. Botqoqlar, o’rmonlar
va boshqa tabiiy sharoitlar
transport korxonalarini rivojlanishiga turlicha ta’sir ko’rsatadi.
2. Transport korxanalariga tarixiy-geografik tavsif berish. Bunda quyi-
dagilarga e’tibor beriladi:
-transport korxonalarining qurilish tarixi va ularning sabablari;
-transport korxonalarini iqtisodiy vazifalari. Mazkur vazifalar xalq
xo’jaligini turli tarmoqlari orasida aloqalarni
amalga oshirishda namoyon
bo’ladi. Masalan, yuklarni tashish, yo’lovchilarni tashish;
-transport korxonalarini tashish vazifalari,
yuklarni bir transport
turidan ikkinchi transport turiga ortishdan iborat. Masalan, kemalardan
poezdlarga, poezdlardan avtomobillarga va h.k.;
-transport korxonalarining texnik vazifalari
harakatdagi transport
vositalarini texnik ta’minotini amalga oshirishdan iborat:
Transport korxonalarini o’rganishni temir yo’l stantsiyalari misolida
ko’rib chiqamiz.
Bajaradigan vazifalariga ko’ra temir yo’l
stantsiyalari va tugunlari
quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Murakkab tugunlar. Ularning vazifalari turlicha bo’ladi. Har bir
tugun alohida vazifani bajaradigan stantsiyalarga bo’linib ketadi.
2. Iqtisodiy vazifalarni bajaruvchi stantsiyalar va tugunlar. Ular
quyidagi guruhlarga bo’linadi:
-sanoat markazining tugunlari va stantsiyalari;
-tog’-kon sanoatiga xizmat qiluvchi stantsiyalar;
-sanoat va qishloq xo’jaligi bilan bog’langan stantsiyalar;
-asosan qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’lgan stantsiyalar.
3. Texnik vazifalarni bajaradigan stantsiyalar.
Bunga lokomativ va
vagonlar depolari bor stantsiya va tugunlar kiradi.
4. Kurortga xizmat qiluvchi stantsiyalar.
5. Xalqaro savdo va madaniy aloqalarga xizmat qiluvchi stantsiyalar.
6. Shahar atrofida yo’lovchilar tashuvchi stantsiyalar.
Dostları ilə paylaş: