10 Ch. Medoy. Tourism of management. 2013. 11 Ch. Medoy. Tourism of management. 2013.
Rahbarga katta talablar qo‘yiladi; u boshqaruvning barcha funksiyalari bo‘yicha samarali rahbarlikni ta’minlash uchun har tomonlama puxta tayyorlangan bo‘lishi kerak;
Qarorlarni rejalashtirish va tayyorlash bo‘limi mavjud emas;
ko‘p;
Bunday boshqaruv sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilik paydo bo‘lishi xavfi kuchli.
Boshqaruvning funksional tashkiliy tuzilmasi. Funksional boshqarish chiziqli boshqaruv tizimida qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan muayyan ishlarni bajarishga ixtisoslashgan bo‘limlar tomonidan amalga
Bunda muayyan funksiyalarni bajarish mutaxassislar zimmasiga yuklanadi. Tashkilotda, qoida tariqasida, bir soha mutaxassislari tarkibiy bo‘limlarga birlashtiriladi, masalan, marketing bo‘limi, qabul qilish va joylashtirish bo‘limi, reja bo‘limi va h.k. Shunday qilib, tashkilotni boshqarishning umumiy vazifalari, o‘rta bo‘g‘indan boshlab, funksional mezonga ko‘ra ajratiladi. Shuning uchun ham mazkur tuzilma boshqaruvning funksional tuzilmasi deb ataladi.
Funksional boshqarish chiziqli boshqarish bilan yonma-yon amal qiladi va bu ijrochilar ikki tomonga bo‘ysunishiga olib keladi.
Boshqarishning barcha funksiyalarini bilishi va bajarishi lozim bo‘lgan universal menejerlar (1.4-rasmga qarang) o‘rniga o‘z sohasida yuqori malakaga ega bo‘lgan va ma’lum yo‘nalish (masalan, rejalashtirish va prognoz qilish) uchun javob beradigan mutaxassislar shtati paydo bo‘ladi. Boshqaruv apparatining bunday ixtisoslashuvi mehmonxona faoliyatining unumdorligini oshiradi12.
Chiziqli tuzilma singari, funksional tuzilmaning ham o‘ziga xos ijobiy tomonlari va kamchiliklari bor.
Funksional tuzilmaning ijobiy tomonlari:
Muayyan funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradigan mutaxassislar yuqori malakaga ega bo‘ladi;
Hodisalar va jarayonlar standartlashtiriladi, formallashtiriladi va dasturlashtiriladi;
Boshqaruv funksiyalarni bajarishdagi takrorlanishlarga va parallelizmga chek qo‘yiladi;
Keng soha mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Funksional tuzilmaning kamchiliklari:
Funksional bo‘limlar o‘ziga topshirilgan funksiyalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo‘lib, «begona» funksiyalar uchun ham, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi;
Turli funksional bo‘limlar o‘rtasida muttasil aloqa o‘rnatish qiyinlashadi;
Tashkiliy tuzilma o‘zgarishlarga moslashishi ancha qiyin kechadi. Boshqarishning chiziqli-funksional tuzilmasi chiziqli tuzilmaning ham,
funksional tuzilmaning ham kamchiliklarini ancha bartaraf etadi.
Mehmonxonani boshqarishning chiziqli-funksional (shtabli) tuzilmasi. Boshqarishning mazkur tuzilmasida butun hokimiyatni ma’lum jamoani boshqaruvchi pog‘ona rahbari o‘z zimmasiga oladi. Muayyan masalalarni echishda va tegishli qarorlar, dasturlar, rejalarni tayyorlashda unga funksional bo‘limlar (boshqarmalar, xizmatlar, byurolar va h.k.)dan tashkil topgan maxsus apparat yordam beradi (1.4-rasm)13.
Bu holda bo‘limning funksional tuzilmalari bosh pog‘ona rahbariga bo‘ysunadi. O‘z qarorlarini ular yo bosh rahbar orqali, yo (o‘z vakolatlari doirasida) bevosita ijrochi xizmatlarning tegishli rahbarlari orqali amalga oshiradi.
Shunday qilib, chiziqli-funksional tuzilma pog‘ona rahbarlari qoshidagi maxsus bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Chiziqli-funksional tuzilma ham o‘z ijobiy tomonlari va kamchiliklariga ega. Chiziqli-funksional tuzilmaning ijobiy tomonlari:
13 Ch. Medoy. Tourism of management. 2013.
Xodimlarning ixtisoslashuvi bilan bog‘liq qarorlar va rejalar puxtaroq tayyorlanadi;
Bosh pog‘ona menejeri muammolarni mufassal tahlil qilishdan ozod etiladi;
Maslahatchilar va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.