Vazifalari


Turizmda joylashtirish vositalarining ahamiyati



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə6/107
tarix05.12.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#174013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
07 Turizm&Servis Kaf 17 MEHMONXONA XO\'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING

Turizmda joylashtirish vositalarining ahamiyati


Jahon amaliyotida "turistlarni joylashtirish vositalari"ning umumiy qabul qilingan ta’rifi mavjud emas, biroq BTT ekspertlari «doimiy (yoki ba’zan) turistlarni tunab qolishlari uchun joy beradigan istalgan obyekt»larni shundaylar deb hisoblasa bo‘lishini ta’kidlaydi.
Shuningdek, joylashtirish vositalari ikki asosiy guruhga bo‘linadi:

  • kollektiv (KJV);

  • individual (IJV).

BTT ekspertlari fikricha, turistlarni kollektiv joylashtirish vositalari
«sayohatchiga xona yoki boshqa binoda kechasi tunab qolishga joy berishi mumkin bo‘lgan obyekt» sifatida taklif berish mumkin. Biroq undagi joylar soni alohida oila birligi a’zolari sonidan kam bo‘lmasligi, barcha joylar (ushbu binodagi) tijorat tipidagi yagona rahbariyatga bo‘ysunishi lozim.
KJV mehmonxonalar va analogik binolarni, maxsuslashtirilgan va boshqa kollektiv binolarni o‘z ichiga oladi.
Joylashtirish vositalari ma’nosi turli davlatlarda turlicha talqin qilinishi mumkin: bir mamlakatda mavjud joylashtirish vositasi, ikkinchi bir davlatda umuman bo‘lmasligi mumkin. O‘zbekistonda 2000- yil yanvardan boshlab mehmonxonalar yulduzli klassifikatsiyasi qabul qilingan.
Turistlarni joylashtirish vositalari xalqaro tavsiyalarga asoslanib to‘rtta guruhga ajratiladi:

  1. Mehmonxonalar va analogik korxonalar:

  1. Tijorat va ijtimoiy joylashtirish vositalari:

  • turistik bazalar;

  • arzon (budjetli) mehmonxonalar;

  • turistik kempinglar;

  • turistik qishloq (uylar guruhi);

  • bungalo;

  • ijtimoiy turizm korxonalari;

  • boshqa joylashtirish vositalari.

  1. Maxsuslashtirilgan joylashtirish vositalari:

  • davolash mehmonxonalari;

  • mehnat va dam olish lagerlari;

  • joylashtirishning transport vositalari;

  • mehmonxona;

  • boshpana, chaylalar;

  • alpmehmonxona.

  1. Xususiy joylashtirish vositalari:

  • xususiy uylar (mehmonxona);

  • xususiy agentlardan ijaraga olingan joy;

  • aholi orasidagi qarindoshlarnikiga joylashtirish;

  • boshqalar.

Keltirilgan uslubiy joylashtirish vositalari klassifikatsiyasi BTT tomonidan tavsiya etilgan. Turistik mehmonxona - bu mehmonxonalarning alohida turi bo‘lib, turistlarga sayohat bilan bog‘liq xizmatlarni taklif etadi. Tabiiyki, turist oddiy mehmonxonadan foydalansa bo‘ladi, ammo unda turistik mehmonxonalardagi kabi sharoitlar bo‘lmaydi.
Barcha turistik mehmonxonalarda to‘rtta asosiy xizmatlar guruhi mavjud:

  1. Joylashtirish;

  2. Ovqatlantirish;

  3. Hordiq chiqarish;

  4. Maishiy xizmat ko‘rsatish.


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin