Aynan yuqori toifali mehmonxonalar Sheraton, Forte, Le Meridien va boshqalar tomonidan GPS texnologiyalarda foydalanuvchiga joylashgan joyi to‘g‘risida aniq ma’lumot berilishi bunga turtki bergan.
Prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzalarida “Germaniyada joylashgan Yevropa menejment va texnologiyalar maktabining faol ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarining rahbar xodim va mutaxassislarini tizimli asosda tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, ularning zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini egallashini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tashkil etildi.
O‘tgan yili Germaniya va iqtisodiy jihatdan rivojlangan boshqa davlatlardagi yetakchi ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini keng jalb qilgan holda, mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va yirik korxonalarning 160 nafardan ortiq rahbar xodimi korporativ boshqaruv sohasida malaka oshirdi, ularning yarmi
Germaniya korxonalarida tajriba orttirdi”37,- deb ta’kidlagan nutqlaridan ma’lumki ko‘pgina tashkilotlar singari mehmonxonalarimizni ham boshqaruv tuzilmasida Yevropa mamlakatlari tajribalari keng foydalanilmoqda.