Vazifalari


bob. MEHMONXONA XO‘JALIGINI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY USULLARI



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə80/107
tarix05.12.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#174013
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   107
07 Turizm&Servis Kaf 17 MEHMONXONA XO\'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING

bob. MEHMONXONA XO‘JALIGINI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY USULLARI


  1. Mehmonxona xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv usullaridan foydalanish zarurati.
  2. Boshqaruv usullarining turlari va ularning ahamiyati.


  3. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy, iqtisodiy va ijtimoiy-ruhiy usullari.



    1. Mehmonxona xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv usullaridan foydalanish zarurati


Menejer boshqaruv faoliyatini amalga oshiradi va boshqaruv vazifalarini hal qiladi. Natijada, u mehnat jamoasi a’zosi sifatida u jamoaning boshqa a’zolariga ta’sir ko‘rsatish orqali mehnat natijalariga erishadi. Shuning uchun ham, mehmonxonada barcha menejerlar ham bir xil vazifani bajarmaydilar. Bu eng avvalo, boshqaruv darajasining vazifalari vafunksiyalari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Shunga muvofiq, mehmonxonalarda turistik biznesni amalga oshiruvchi menejerlar mehmonxona turi va ularga xizmat ko‘rsatadigan mehmonlardagi farqlargabog‘liq bo‘lmagan quyidagi yo‘nalishlaridagi vazifalarni bajaradilar:

  • boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirish. Bu mehmonxona menejerining bosh funksiyasi bo‘lib, bunda boshqaruv qarorlari qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan menejer ularning oqibatlari uchun ham javob beradi.

  • axborot bilan ishlash. Bunda mehmonxona menejeri oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishi uchun mehmonxonalarni boshqarish tizimining rivojlanishi haqida ishonchli iqtisodiy-boshqaruv axborotini olish va unga ishlov berish lozim. Agar menejer qancha to‘liq axborotga egabo‘lsa, u zarur axborotni ijrochilarga shuncha aniq yetkaza oladi.

  • rahbar sifatida faoliyat ko‘rsatish. Bu mehmonxona doirasida ishga doir munosabatlarni shakllantirish, mehnat jamoasi a’zolarini mehnatga rag‘batlantirish, ularni mehmonxonaning amaliy va strategik maqsadlariga erishishga yo‘naltirishni o‘z ichiga oladi.

Demak, yuqoridagilarni amalga oshirish o‘z navbatida tegishli tamoyillar asosida amalga oshirilishi kerak. Bu yerda oqilona rahbarlik eng katta tamoyil sifatida mavjud muammolarga nisbatan o‘z munosabatini boshqalar bilan o‘rtoqlashish, ularni qo‘yilgan maqsadlarga erishishga rag‘batlantirish qobiliyati hamda xodimlar bilan mijozlarni boshqarishni nazardatutadi. Avvalo, mehmonxonalarda xodimlar o‘z rahbari faqat ishlab chiqarish jarayoniga qarab mo‘ljal oladigan kasbiy-texnokrat emas, balki tegishli ijtimoiypsixologik tayyorgarlikka ega va insonparvar rahbar bo‘lishini hohlaydi. Uning boshqaruv faoliyatida inson omili, xodimlarga e’tibor birinchi o‘rinda turishi lozimki, bu mehmonxona sanoati uchun ayniqsa muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bugungi kunda mehmonxona va restoran xo‘jaligidagi menejmentning hozirgi nazariyasi va amaliyoti menejerga qo‘yiladigan quyidagi talablarni ishlab chiqdi hamda ularga boshqaruvga yordam beradigan tamoyil sifatida qaraladi:

  • bilimlilik;

  • muayyan shaxsiy fazilatlargaegalik;

  • ahloq qoidalarigarioya qilish;

  • ko‘nikmalar vatashkilotchilik qobiliyati.

Shularni hisobga olib, mehmonxona menejeri boshqa shaxslarga ta’sir ko‘rsatish orqali o‘z mehnati natijalarigaerishadi. Shu bois, u eng avvalo, ijtimoiypsixologiya sohasida bilimlarga ega bo‘lishi, shuningdek zamonaviy boshqarish usullari va o‘z kasbining xususiyatlarini bilishi lozim.
Mehmonxonalarda xodimlar faoliyatini boshqarishga oid asosiy mezon shaxsiy fazilat bo‘lib, bu nostandart fikrlash, maqsadgaerishish yo‘lidatirishqoqlik va qat’iyatlilik, tashabbuskorlik, majburiyatlar vava’dalarni bajara olish, aqllilik, odillik, xushmuomalalik, o‘z ishini puxta bajarish, odamlar bilan til topa olish,
hazil-mutoyiba hissiga va yaxshi sog‘liqqaegalik kabi tamoyillar bilan belgilanadi.

    1. Yüklə 1,01 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin