3.1-rasm. Yirik mehmonxonalarni boshqarish tuzilmasi39
Maxsus adabiyotlarda mehmonxona bo‘linmalarini muayyan mezonlarga muvofiq u yoki bu guruhlarga birlashtiradilar. Masalan, mehmonxona bo‘linmalarini asosiy, daromadni shakllantiruvchilarga (Revenue centers):
nomer fondi,
restoranlar, barlar va yordamchi (Suppots centers): texnika bo‘limi, kadrlar bo‘limi, buxgalteriyaga ajratadilar. Mehmonxonaning u yoki bu bo‘linmasi xodimlarining mijozlar bilan munosabati darajasi asos bo‘lib turuvchi mehmonxona xizmatlarini front of the house va back of the housega klassifikatsiyalash metodi keng tarqalgan.
Qabul qilish xizmati,
restoran front of the housega, oshxona, buxgalteriya esa back of the housega mansub deb topiladi. Keyingi guruh xizmatchilar mijozlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri munosabatda bo‘lmaydi. Ana shu ikki guruh xodimlarini o‘qitish turli dasturlar bo‘yicha
amalga oshiriladi, ularning xizmat xonalari ajratilgan. Hatto ish liboslari farq qiladi.