Vazirlar Mahkamasi qaroridan:
Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning maqsadi — xodimlarning egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan fanlari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahorati doimiy ravishda o‘sib borishini, ularning ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalari muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash hamda ularni davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va sohaga oid qonunchilik bilan muntazam tanishtirib borishdan iborat.
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini Davlat budjetidan moliyalashtirish choralarini ko‘radi;
xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun namunaviy o‘quv rejasi, dastur, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, kurslarning o‘quv-uslubiy ta’minotini doimiy yangilab borishga ko‘maklashadi;
hududiy markazda, oliy ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim tashkilotlarida tashkil qilingan guruhlar haqida har oylik hisobotlarni shakllantiradi va Institutga taqdim etadi.
14. Pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari:
tegishli hududlardagi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog va mutaxassis xodimlari malakasini oshirish ishlarini tashkil qiladi;
pedagogika, psixologiya, o‘quv fanlari va ularni o‘qitish metodikasining mamlakatimizdagi va jahondagi eng yangi yutuqlari, shuningdek, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning pedagoglar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlaydi;
pedagog va mutaxassis xodimlarning o‘z kasbiy malakalarini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida malaka oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy etadi;
hududdagi ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha buyurtmalar asosida malaka oshirish kurslarini shakllantiradi;
o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari asosida ishchi o‘quv rejasini hamda ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi;
xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish natijalari elektron platformaga kiritilishini ta’minlaydi;
tashkil qilingan guruhlar haqida har oylik hisobotlarni shakllantiradi va tegishli hududiy markazga topshiradi.
111. Nodavlat ta’lim tashkiloti xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirganligi uchun Davlat budjetidan mablag‘lar olish uchun Reyestrda belgilangan shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi.
So‘rovnomada nodavlat ta’lim tashkiloti nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), ta’lim faoliyatini amalga oshirish joy(lar)ining manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, Reyestrga kiritilayotgan malaka oshirish kurslari yo‘nalishlari, so‘rovnomani to‘ldirgan va uni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimi ko‘rsatiladi.
So‘rovnomani Vazirlikka yuborishdan oldin nodavlat ta’lim tashkiloti xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi va boshqa holatlarni nazarda tutuvchi ommaviy oferta bilan tanishib, uni tasdiqlaydi.
112. Ommaviy ofertani tasdiqlash Vazirlik va nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuzilishiga tenglashtiriladi hamda talablar va shartlarga to‘liq amal qilishga roziligini bildiradi.
113. So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar elektron tarzda ilova qilinadi:
malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi pedagog kadrlar to‘g‘risida ma’lumot (ularning pasporti nusxasi yoki identifikatsiya ID-kartasi, oliy ta’lim muassasasini tamomlaganligi yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi diplom nusxasi, mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi);
malaka oshirish kursi o‘quv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;
yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar.
114. Quyidagi holatlarda ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotining Reyestrga kiritish bo‘yicha murojaatiga rad javobi berilishi mumkin:
yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar salbiy bo‘lganda;
so‘rovnomaga nodavlat tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq kiritilmaganda yoki soxta ma’lumotlar taqdim etilganda.
115. Vazirlik Reyestrga kiritish yoki Reyestrga kiritishni rad etish bo‘yicha qarorni nodavlat ta’lim tashkilotiga Reyestr orqali yetkazadi.
Dostları ilə paylaş: |