13-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
116. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida Institut, pedagogika markazlari, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Vazirlikka ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
121. Bir nafar tinglovchi uchun to‘lanadigan mablag‘ miqdori O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan keyingi moliya yili boshlanishidan oldin xodimlarning malaka oshirishi uchun sarflangan o‘rtacha xarajatdan kelib chiqib belgilanadi.
123. Institut pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida haqiqatda malaka oshirgan va belgilangan tartibda sertifikatga ega bo‘lgan tinglovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni navbatdagi oyning 3-kuniga qadar tegishli mablag‘ to‘lanishi yuzasidan Vazirlikka murojaat qiladi.
124. Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:
xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etgan pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shaklini tasdiqlovchi guvohnoma, bank rekvizitlari;
haqiqatda malaka oshirgan va sertifikatga ega bo‘lgan tinglovchilarning tasdiqlangan ro‘yxati;
pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlari bo‘yicha ularga to‘lanishi lozim bo‘lgan tegishli hisob-kitoblar bilan birgalikda mablag‘larga buyurtma.
127. Pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida haqiqatda malaka oshirgan tinglovchilar soni har oy yakuni bo‘yicha ularda malaka oshirilishi rejalashtirilgan tinglovchilar sonidan kam bo‘lgan hollarda ushbu tinglovchilar uchun rejalashtirilgan mablag‘lar Vazirlik tomonidan hududiy malaka oshirish markazlariga yo‘naltiriladi.
Prezident qaroridan:
Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Xalq ta’limi vazirligiga ajratiladi;
Dostları ilə paylaş: |