Bu sxema 1986 yilda U.Feyge, A.Fiat va A.Shamirlar tomonidan taklif etilgan. Bu sxemada ikkita tomon ishtirok etadi. Tomonlarning har biri n=p*q, p va q lar katta tub sonlarni oldindan bilishi shart, boshqa hech kim p va q larni bilmasliklari kerak. Protokol boshlanishidan oldin quyidagilar hisoblanishi kerak: x2modn=v tenglikdan barcha v lar topiladi. Bunda x natural son bo‗lib, 1 dan n/2 gacha o‗zgaradi. Topilgan v larning n bilan o‗zaro tub bo‗lganlari ajratib olinadi va v-1modn hisoblanadi. s=sqrt(v-1)modn tenglik orqali ochiq kalit hisoblanadi va e‘lon qilinadi.
A tomon: tasodifiy r < n-1 natural son tanlaydi va hisoblaydi: y=r2modn va y qiymatni B tomonga jo‗natadi.
B tomon: ixtiyoriy b bit tanlaydi va uni A tomonga jo‗natadi.
A tomon: B tomon jo‗natgan bit 0 ga teng bo‗lsa, r qiymatni B tomonga jo‗natadi. Agar B tomon jo‗natgan bit 1 ga teng bo‗lsa, z=r*s modn qiymatni B tomonga jo‗natadi.
B tomon: A tomonga 0 ni jo‗natgan bo‗lsa, r2modn=y tenglikni tekshiradi, aks holda (z2*v) modn=y tenglikni tekshiradi. Tenglik bajarilsa B tomon A tomon ekanligiga ishonch hosil qilguncha
shu 4 ta bosqichni bir necha marta takrorlaydi.
Bu 4 ta bosqich protokolning bitta sikli bo‗lib, akkreditatsiya deyiladi. Har bir siklda aldanish ehtimolligi 50% ni tashkil etadi. Sikl 10 marta takrorlansa, aldanish ehtimolligi 0,1% ni tashkil etadi.
Bu sxemani yanada umumiyroq qilib yozish mumkin:
A tomon: tasodifiy r < n-1 natural son tanlaydi va hisoblaydi: y=r2modn va y qiymatni B tomonga jo‗natadi.
B tomon: ixtiyoriy bi (i=1,..,k) bitlarni tanlaydi va ularni A tomonga jo‗natadi.
z = r∏s mod n
k
i
A tomon: bi
qiymatni B tomonga jo‗natadi.
i=1
k
Dostları ilə paylaş: |