Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə45/50
tarix25.12.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#195829
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
transport sathi

RSVP komponentlari. RSVP – komponentlari quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • RSVP – jo‗natuvchi (RSVP sender) bu – RSVP – seansida trafikni jo‗natishni aniqlashtiruvchi (initsialovchi) ilova. Quyida RSVP – tarmoq bo‗ylab RSVP – jo‗natuvchi uzatishi mumkin bo‗lgan oqimlarni tasnifi keltirilgan:

    1. ma‘lumotlarni uzatish tezligining o‗rtachasi;

    2. tez (otilib) chiqishning maksimal hajmi.

Anjumanlar vaqtida yoki IP - protokol bo‗ylab (VoIP) ovozni uzatishda ilova RSVP – jo‗natgich va RSVP – qabul qilgich rolini ham bajarishi mumkin. Quyida RSVP – tarmoq bo‗ylab RSVP – qabul qilgichlar uzatishi mumkin bo‗lgan oqimlar tavsifi sanab o‗tiladi:

  1. ma‘lumotlarni uzatish tezligining o‗rtachasi;

  2. tez chiqishning maksimal hajmi;

  3. QoS, unga qo‗shiladigan:

  • kafolatli xizmat ko‗rsatishi – PATH – xabarlarida, shuningdek tarmoqda bo‗lishi mumkin bo‗lgan maksimal kechikish uzatiladi;

  • boshqariladigan yuklanish bilan xizmat ko‗rsatish - marshrutizatorlar faqat tarmoqdagi kechikishlar minimal bo‗lgandagina kafolat beradi.

RSVP protokolida 7 xil xabarlar ishlatiladi; ikkitasi shartli PATH, RESV va beshta opsional – PATH ERROR, PATH TEARDOWN, RESV ERROR, RESV
CONFIRM va RESV TEARDOWN. RSVP marshrutizatorlar va mijozlar bu xabarlarni zahiralash holatini qo‗llab quvvatlash va yaratish uchun ishlatadi.
Odatda IP protokolining ustidan bevosita RSVP protokoli ishlaydi. Demak, RSVP protokoli ishonchsiz datagramma hisoblanadi. Ular marshrutizatorlarda davriy ravishda yangilanishi kerak bo‗lgan moslashuvchan holatni yaratishga yordam beradi.
RSVP protokoli RSVP, RESV xabarlari yordamida so‗rashi mumkin bo‗lgan integrallashgan xizmatni ikkita turini ko‗rsatadi: yuklanishni boshqarish xizmati va kafolatlangan bitli tezlik xizmati.
Boshqariladigan yuklanish – yuklanishni boshqarish xizmat (controlled load service) zahiralangan oqimni belgilangan joyiga kafolatsiz yetkazib beradigan trafik tomonidan minimal ta‘sir ko‗rsatilsa, yetkazib berishni kafolatlaydi. Bundan
tashqari bu xizmatlarni ishlatishda Cisco kompaniyasi alohida zahiralangan oqimlarni izolyatsiyasini inobatga olgan. Oqimlarni izolyatsiya qilish resurslarni zahiralashda tarmoqda mavjud boshqa zahiralangan rusurslarni ta‘sir qilmasligini ta‘minlaydi.
Qoida bo‗yicha yuklanishni boshqarish xizmati tarmoqni o‗ta yuklanishga sezgir bo‗lgan internet ilovalarining trafigini uzatishda qo‗llaniladi. Shuningdek, ilova yuklanishsiz tarmoqda juda yaxshi ishlaydi, lekin o‗ta yuklanish bo‗lganda tezda ―yaroqsiz‖ holga keladi. Masalan: FTP protokolida ishlovchi ilova.
Zahiralashning stillari. Resurslarni RSVP – zahiralash o‗qim uchun ikkita turga bo‗linishi mumkin: individual va umumiy.
Individual zahiralash. Bu distinct reservations shunday ilovalarda qo‗llaniladiki, ularda ma‘lumotlarning bir nechta manbalari bir vaqtda axborotni jo‗natishi mumkin. Video ilovalarda har bir jo‗natuvchi ma‘lumotlarning individualli oqimini generatsiyalaydi, u uchun kira olishni alohida boshqarishni amalga oshirish va qabul qiluvchigacha butun yo‗l bo‗ylab navbatni rejalashtirishi kerak. Demak, shunday oqimga, har bir jo‗natuvchi uchun va qo‗ldagi har bir kanal uchun resurslarni alohida zahiralashtirishni amalga oshirishi kerak.
Eng oddiy holda resurslarni individualli zahiralash bitta manzilli trafik bilan ilova masalasi kuzatiladi, bunda faqat bitta jo‗natuvchi va bitta qabul qiluvchi bor xolos.
Umumiy zahiralash. Bu ―Shared reservations‖ shunday ilovalarda qo‗llaniladiki, ularda ma‘lumot manbalarining bir nechtasi axborotni bir vaqtda uzata olmaydi. Masalan raqamli audio ilovalar, yoki VoIP ilovalar. Har qanday alohida olingan vaqt oralig‗idaga qarasak ko‗p bo‗lmagan odamlarni gaplashishini ko‘rish mumkin. Bynda axborotni kam sonli jo‗natuvchilargina uzatadi. Bunday oqim har bir jo‗natuvchi uchun resurslarni alohida zahiralashga muhtoj emas, u uchun bitta zahiralash kerak bo‗lib, u guruhdagi har bir qanday jo‗natuvchiga kerak bo‗lganda qo‗llash mumkin. U guruhdagi ixtiyoriy junatuvchiga kerak bo‘lgandagina qo‘llaniladi.
RSVP protokolining atamalarida bunday oqim umumiy oqim (shared flow)
deb ataladi; u umumiy aniqlangan yoki guruhli zahiralashlar yordamida o‗rnatiladi.
Zahiralash usuli quyida ko‗rib chiqiladi.

  • umumiy aniqlangan (Shared Explicit-SE) oqimlarni zahiralashda tarmoq resurslari alohida ko‗rsatiladi.

  • guruhli filtr (Wildcard Filter-WF) yordamida o‗tkazishi yo‘laksi va kechikishning harakteristikalari har qanday jo‗natuvchi uchun zahiralangan bo‗lishi mumkin. Bunday filtr jo‗natuvchilarni alohida berilishiga imkon bermaydi. U barcha jo‗natuvchilarni qabul qiladi, bunga manbaning manzilini va portdagi nolni o‗rnatishni ko‗rsatib turadi.




Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin