Xalaqitlar
1.1-rasm. Ma‘lumot uzatish tizimi
Uzatish abonent xabarini signalga tubdan o‗zgartirib tarqatish va aloqa kanaliga uzatish uchun xizmat qiladi. Qabul qilgich signalni xabarga qayta aylantirib, abonentga yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
Ma‘lumot uzatishdagi noaniqliklarni kelib chiqishiga sabab, o‗tkazgich aniqligini buzilishi tufayli, gapirganda qabul qilgichlarda yuzaga keladi. Aloqa kanaliga tashqi ta‘sir va shovqinlarni ta‘siri natijasida ham ma‘lumotni aniqligi buziladi.
Ma‘lumot uzatish tizimlarini asosiy sifat ko‗rsatkichlari quyidagilar:
o‗tkazish qobiliyati;
ishonchlilik;
ishlash ishonchligi.
Ma‘lumot uzatish tizimidagi o‗tkazish qobiliyati – bir vaqtda tizimni ishlash extimolligi katta bo‗lmagan hajmdagi ma‘lumot to‗plamiga ega bo‗lganda
yaxshilanadi. O‗tkazish qobiliyati tizimni aloqa kanali va signalni fizik xususiyatlarini belgilab beradi. Shuningdek bu sifat ko‗rsatkichi kanaldan yuqori tezlikda ma‘lumot uzatilishiga bog‗liqdir.
Ma‘lumotlar uzatish tizimi 2 guruhga bo‗linadi:
Ma‘lumot uzatish xizmatlari (1.2a va 1.2b rasm);
Ma‘lumot uzatish tarmoqlari.
1.2a)
1.2b)
– rasm. Ma‘lumot uzatish xizmatlari
Ma‘lumki, har-xil turdagi axborotlarni (ovozli, matn, ma‘lumotlar, grafika,
tasvir) uzatish uchun iste‘molchilarga taqdim etiladigan xizmatlar to‗plami ma‘lumot uzatish xizmati deyiladi.
Ma‘lumot uzatish tarmoqlari deb - ma‘lumot uzatish xizmatlarini yetkazib berish imkoniyatlarini ta‘minlovchi texnik vositalar to‗plamiga aytiladi.
Ma‘lumot uzatish tizimlariga quyidagilar kiradi (1.3-rasm):
terminal qurilmalar;
kommutatsiya vositalari;
uzatish tizimlari;
aloqa kanallari.
– rasm. Ma‘lumot uzatish tizimining tuzulishi
Ma‘lumot uzatish tarmoqlari ohirgi qurilmalarni o‗z ichiga olmaydi. Quyidagi 3 sabab xatolar manbai bo‗lishi mumkin (1.1-jadval):
1.1– jadval.
Asosiy aloqa ko‘rsatkichlari
Dostları ilə paylaş: |