Aloqa xizmati
|
Aniqlik
|
Paketlarni yo‘qolish
extimolligi
|
Paketlar noto‘g‘ri manzil bo‘yicha yuborilish
extimolligi
|
Telefoniya
|
10-7
|
10-3
|
10-3
|
Axborot
uzatish
|
10-7
|
10-6
|
10-6
|
Televideniya
|
10-6
|
10-8
|
10-8
|
Boshqa telekommunikatsiya tarmoqlari kabi ma‘lumot uzatish tarmoqlariga ham ishonchlilik, yashovchanlik, iqtisodiy va keyinchalik takomillashtirish bo‗yicha talablar qo‗yiladi.
Ko‗pchilik umumiy foydalanish tarmoqlari ierarxik tuzilish asosida quriladi. Ma‘lumot uzatish tarmog‗ining ierarxik tuzilishdagi afzalligi axborot almashuvida har xil ierarxik satxlarga xizmat ko‗rsatishdir. Tuzilishlardan qaysi birini tanlash foydalanuvchi talabi, yuklama hajmi va boshqa faktlarga bog‗liq.
Ierarxiya tarmog‗i yuqori satxlarida ishonchlilikning yetarlicha yuqori ko‗rsatkichlarini ta‘minlash zaruriyatida ―To‗liq bog‗lanishli‖ tuzilishlari ishlatiladi.
Ma‘lumot uzatish ishonliligi – bu ma‘lumot uzatishda buzilishlarga bardoshliligidir.
Ishlash ishonchliligi – tizim funksiyalarini hammasi to‗g‗ri va to‗liq bajaralishini bildiradi.
– rasm. Ma‘lumot uzatish tarmoqlarining tasniflanishi
Aloqa kanalida ohirgi qurilmaga (manba va ma‘lumotni qabul qiluvchi qurilmaga) terminallarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗lanishi – ma‘lumot uzatish apparaturasi deyiladi. Ma‘lumot uzatish apparaturasiga modem xizmatini, adapter terminallari, tarmoq kartasini misol qilishimiz mumkin. Ma‘lumot uzatish qurilmasini ishlashi uzatishlarga javobgarlik, fizik tuzilishi tekislanishi va aloqa liniyasining aniqligini ta‘minlab berishiga xizmat qiladi.
Bugungi kunga kelib telekommunikatsiya texnikasi axborotni 5 ta ko‗rinishda uzatib kelmoqda:
matnli (tekstli);
ovozli;
grafikli;
videoli;
ma‘lumotli.
Masalan, biror bir hodisani tasvirlashda axborotni quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:
rang, xid va ta‘m orqali 2% dan 5% gacha ifodalash mumkin;
matn (harf va raqamlar) orqali 7% gacha ifodalash mumkin;
ovoz (tovushning past-balandligi, intonatsiya va pauzalar) orqali 38% dan 45% gacha ifodalash mumkin;
xarakat va mimikalar orqali 35% dan 52% gacha ifodalash mumkin;
multimediya xizmati (xarakat va ovozning birgalikda mujassamlashgan holda uzatish) orqali 95% dan 98% gacha uzatish mumkin.
Har bir xabar turlari uchun o‗tkazish yo‘lagi mavjud (1.2-jadval).
1.2-jadval.
Xizmat turlari
Xizmatlar
|
Interaktiv
|
Taqsimlanishi
|
Dialogli
Xabarlar almashishi Ma‘lumot qidirish
|
Shaxsiy boshqarishsiz foydalanish tomoniga
Shaxsiy boshqarishdan foydalanish tomoniga
|
Ma‘lumot uzatish xizmati 5 ta ko‗rinishdagi xabarlarni turli vositalar bilan uzatishni amalga oshiradi. Ma‘lumot uzatish xizmati uchun texnik - qurilmalarni tuzilishsini va telekommunikatsiyani asosiy tarmog‗idan operatorni ma‘lumot uzatish xizmatidan foydalanishga ruxsat berishi va aloqani qabul qilishi lozimdir.
1.3 – jadval. O‗tkazish yo‘lagining talabi uchun qo‗shimcha yo‘laklarni ajratish
Dialogli xizmat (1.4 - jadval) - shaxsiy kompyuter va foydalanuvchi orasida uzatishdan foydalanish amaliy real masshtab vaqtida aniq xizmatlarni ko‗rsatadi. Bu ma‘lumot oqimi simmetrik va simmetrik bo‗lmagan muhitlarda bo‗ladi. Sifatli dialogli xizmatlarga telefon xizmati, ma‘lumot uzatish xizmati va videokonferensiyali aloqa xizmatlari misol bo‗la oladi.
1.4-jadval.
Dialogli xizmat tavsifi
Dostları ilə paylaş: |