Me’yoriy (normaga asoslangan) baholashning kamchiliklari:
Baholashda bilim bilan xulqni baholash aralashtirib yuboriladi.
Ba’zan xulqni baholash bilimni baholashni belgilab qo‘yadi.
Baholar o‘qituvchi tomonidan sub’ektiv tarzda belgilanishi mumkin.
Ta’lim oluvchiga nisbatan simpatiya ham bahoni yuqori qo‘yib yuborishga olib keladi. Bilimlarni ob’ektiv va haqqoniy tarzda baholashning pasayishiga yo‘l ochib beradi.5
Baholash turlari. Baholash o‘tkazilish vaqtiga ko‘ra uch turga ajratiladi:
Boshlang‘ich baholash.
Joriy, ya’ni shakllantiruvchi baholash.
Yakuniy, ya’ni umumlashtiruvchi baholash.
Boshlang‘ich baholash – ta’lim jarayoni boshida ta’lim oluvchi-larning dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Bunday baholash natijalari ta’lim jarayonining mazmu-ni, usullari va shakllarini tanlash imkonini beradi.
Joriy (shakllantiruvchi) baholash muntazam ravishda o‘tkazib boriladi. U ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta’lim jarayoni samarasini tezkor (operativ) aniqlab borish, o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi qaytar aloqani ta’minlash imkonini beradi.
Yakuniy (umumlashtiruvchi) baholash – ta’lim oluvchining ta’lim jarayoniniig ma’lum davridagi o‘zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va standartlarga javob berishini aniqlaydi. Yakuniy baholash ta’lim jarayonining ma’lum bosqichi yakunida o‘tkaziladi. U joriy baholash natijalarini jamlaydi.
III-Bob. UMUMIY O’RTA TA'LIM MAKTABLARIDA – TA'LIM SIFATINI BOSHQARISH SAMARADORLIGI
3.1. Umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini boshqarishga doir tajriba-sinov ishlari mazmuni
Dostları ilə paylaş: |