Вазирлиги Самарқанд давлат архитектура қурилиш институти



Yüklə 85 Kb.
səhifə13/17
tarix20.11.2023
ölçüsü85 Kb.
#163611
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Microsoft Word davlat talim standartlari namunaviy va ishchi oqu-www.hozir.org

Qo’llanish sohasi 
Mazkur Tasniflagich o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mutaxassislarini ish bilan 
ta’minlovchilar, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalari,
dasturlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiquvchilar, ta’lim muassasalari rahbarlari
Respublika va mahalliy boshqaruv tashkilotlari mutaxassislari, vazirliklar, muassasalar va
boshqa respublikamiz xo’jaliklarini rivojlantirishda faoliyat ko’rsatayotgan subyektlar uchun 
mo’ljallangan.
Mazkur Tasniflagichni ishlab chiqishda quyidagi me’yoriy hujjatlarga asoslangan: 
O’z DST 1.02-92 O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy
qoidalar. 
GOST 1.5-93. Davlatlararo standartlashtirish bo’yicha ish yuritish qoidalari.
Standartlarning tuzilishi, bayon qilinishi, rasmiylashtirilishi va mazmuniga qo’yiladigan umumiy 
talablar.
O’z DST 1.8-94. O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Rahbariy 
hujjatlarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash, davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi va
tavsiyalar. 
O’z DST 6.01-95. O’zbekiston Respublikasining texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarini
kodlashtirish va tasniflashning yagona tizimi. Asosiy qoidalar. 
O’z DST 1.9-95. O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Soha
standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi. 
O’z DST 6.01.2-95. O’zbekiston Respublikasi texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni
kodlashtirish va tasniflashning yagona tizimi. Tasniflagichlarni ishlab chiqish va yuritish tartibi. 
Ta’limning xalqaro standart klassifikasiyasi (TXSK) YuNESKO, 1997.
O'z DT 008: 2000 s 01.08.2000 O’zbekiston Respublikasi mashg’ulotlar milliy standart 
tasniflagichi.
Mazkur Tasniflagichda quyidagi ta’riflar qo’llanilgan: 
Tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning umumdavlat tasniflagichi (TYKIUT)
- o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv muassasalarida kichik mutaxassislarni tayyorlash 
bo’yicha tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va mutaxassisliklarning tizimlashtirilgan ro’yxati.
Malaka-mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi darajasi, undagi ma’lum ishni bajarish uchun 
zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalarning mavjudligi.
Mutaxassisning malakasini belgilovchi ko’rsatkich bo’lib, toifa yoki diplomning 
mavjudligi hisoblanadi.
Kichik mutaxassis - bu ta’lim dasturini muvaffaqiyatli o’zlashtirgan o’rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga beriladigan malaka darajasidir.


Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin