Вазирлиги Самарқанд давлат архитектура қурилиш институти


Ta’limning standartlashtiriladigan turlari



Yüklə 85 Kb.
səhifə2/17
tarix20.11.2023
ölçüsü85 Kb.
#163611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Microsoft Word davlat talim standartlari namunaviy va ishchi oqu-www.hozir.org

Ta’limning standartlashtiriladigan turlari. DTS-ta’limning quyidagi turlari
uchun belgilanadi: 
-

Umumiy o’rta ta’lim, shu jumladan boshlang’ich ta’lim; 
-

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari); 
-

oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura). 
Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini 
oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun davlat boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan
davlat talablari belgilanadi. 
Ta’limning standartlashtirish obyektlari. Quyidagilar ta’limning
standartlashtirish obyektlari hisoblanadi: 
Ta’lim fanlarining tuzilmasi, mazmuni, o’quv yuklamasi hajmi, ta’lim oluvchilar va 

bitiruvchilarning malaka darajasi va tayyorlash sifati; 
Talablar, me’yorlar va qoidalar, pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’lim 


usullari va vositalari, shuningdek ta’lim tizimida foydalaniladigan atamalar, 

tushunchalar va kategoriyalar; 
Ta’lim oluvchilar bilim darajasiga va kasbiy malakasiga tashxis qo’yish tartibi, 


bitiruvchilar sifatini, ta’lim faoliyati, pedagog va ilmiy-pedagog xodimlar sifatini 

baholash. 

Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishga qo’yiladigan talablar Quyidagilar DTS
ishlab chiqishga qo’yiladigan asosiy talablar hisoblanadi: 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturlari maqsadlari, vazifalari va qoidalari so’zsiz 

amalga oshirilishiga qaratilganlik; 
Ta’lim va kasb-hunar dasturlarida milliy mustaqillik, demokratiya, boy milliy 


madaniy an’analar, xalqning intellektual imkoniyatlari va umuminsoniy qadriyatlar 

tamoyillarini hisobga olish; 
Ta’lim oluvchilarda chuqur bilim, mustaqil fikrlash, yuksak kasbiy malaka 


shakllanishini ta’minlash; 


Xalqaro tajriba, texnika, texnologiyalar, fan rivojlanishi darajasi, kadrlar 



tayyorlashga nisbatan amaliyot tomonidan qo’yiladigan talablar hisobga olingan 

holda ta’lim standartlarining ilmiy asoslanishi; 
Ta’lim turlari va bosqichlari bo’yicha standartlarning kelishilganligi va izchilligi, 


shaxsning har tomonlama rivojlanishini hisobga olgan holda ularning 

mujassamligini ta’minlash; 
O’quv yuklamasi maqbulligiga qaratilganlik, ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari va 


ehtiyojlariga bog’liq ravishda ta’limning tabaqalashtirish imkoniyatlarini hisobga 

olish; 
Ta’lim oluvchilar va bitiruvchilarni tayyorlash, ta’lim faoliyatining sifatini baholash 


mezonlari va tartibotini belgilash; 
Standartning texnologikligi-uning bajarilishini nazorat qilish va uning me’yorlari va 


talablari buzilishining oldini olish imkoniyati; 
Standartlarga tajribada tekshiruvdan o’tgan ta’lim faoliyatining ilg’or me’yorlarini 


kiritish;
Davlat ta’lim standartlari O’zbekiston Respublikasi davlat standartlash tizimi 


qoidalari talablarini qoniqtirishi kerak.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlari davlat tizimi 


Ta’limni standartlashtirish – bu butun dunyo kasb-hunar ta’limini islohotlashtirishdagi eng
yirik tendensiyalardan biridir. Uni krizisni yengib o’tishning asosiy vositasi sifatida 
hisoblaydilar.
Jamiyatda sodir bo’layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o’zgarishlar ta’lim 
tizimiga xususan o’rta maxsus kasb hunar ta’limiga boshqacha yondashishni talab qiladi.
Shunday ekan o’rta maxsus kasb hunar ta’limi standartlarini ishlab chiqmasdan turib, jahon 
bozoriga chiqa oladigan, kasbiy mohirlik darajasi yuqori bo’lgan raqobatbardosh mutaxassislarni
tayyorlab bo’lmaydi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta’lim
oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma’naviy 
– ruhiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir.
Xalqaro talablarga javob beruvchi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlarini 
(DTS) ishlab chiqish birinchidan, O’zbekiston Respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda kasb-
hunar ta’limi ekvivalentligini hamda o’z navbatida mamlakatimizning xalqaro mehnat bozorida 
to’siqlarsiz ishtirok etishini ta’minlaydi, ikkinchidan ta’lim xizmatlari sifatiga aniq (kat’iy)
talablarni belgilab qo’yish natijasida kadrlar tayyorlash sifatini oshiradi hamda ta’lim 
muassasalari ishining samaradorligini nazorat qilish tizimini tartibga soladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi 400 –sonli 
«O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlarini tasdiqlash» to’g’risida»gi qaroriga asosan
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlari tasdiqlandi. Tarmoq standartlari Oliy va 
o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bosqichma-bosqich yangidan tashkil etilayotgan
akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida ularni aprobasiya qilish tugagandan so’ng 
tasdiqlanadi. 1-rasmda O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlari tizimi keltirilgan.







Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin