Вазирлиги Самарқанд давлат архитектура қурилиш институти


Tarmoq ta’lim standartlarini ishlab chiqish bosqichlari



Yüklə 85 Kb.
səhifə7/17
tarix20.11.2023
ölçüsü85 Kb.
#163611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Microsoft Word davlat talim standartlari namunaviy va ishchi oqu-www.hozir.org

Tarmoq ta’lim standartlarini ishlab chiqish bosqichlari 
Standartlarni ishlab chiqishda, ular qaysi modelga mo’ljallangan bo’lishidan qat’iy nazar,
hal qiluvchi omillar, standartlarning sifati, tan olishi va hayotga tadbiq etilishishga ko’rsatadi. 
Standartlarni ishlab chiqishda quyidagilar zarur:

1. 

Turli xil kasblarda joriy va kelgusi ehtiyojlarni aniqlash. 

2. 

Umumiy xususiyatlarga tayangan holda hududiy o’ziga xosliklarni hisobga olish. 

3. 

Kasb-hunar ta’lim standartlarini ishlab chiqish va ma’sullarni hisobga olish, hamda 

ekspertlar guruhini jamlash, standartlarni ishlab chiqish.
Kasb-hunar ta’limi standartlarini ishlab chiqishda quyidagi ekspertlar ishtirok etishi zarur: 
 O’MKHTR instituti ilmiy xodimlari;
 O’MKHT o’quv muassasalari o’qituvchilari; 
Ish beruvchilar vakillari, ishlab chiqarish (ijtimoiy hamkorlar);
 Kasbiy fanlar bilan bog’liq izlanishlar bilan shug’ullanuvchi ekspertlar (olimlar); 
 Tarmoq vazirliklari, ishlab chiqaruvchilar palatasi vakillari va hakozo.
Ta’lim standartlarini ishlab chiqishda rivojlangan Yevropa va MDH davlatlari tajribalarini 
o’rganib chiqib hamda shaxsiy tajribalarga tayangan holda O’MKHT standartlarini ishlab
chiqish uchun quyidagi bajarilayotgan ish tartibini tavsiya etamiz (2-rasm): 


1-bosqich. O’MKHT standartini ishlab chiqishga buyurtma berish. 
Buyurtma mehnat bozori ehtiyojlarini tahlil qilish asosida ma’lum tayyorlov yo’nalishlari, 
kasb va ixtisosliklar bo’yicha beriladi. Buyurtmalar tarmoq vazirliklari va mahalliy hokimiyat
bilan kelishilgan holda beriladi. 


2-bosqichBuyurtmani ko’rib chiqish va qabul qilish.
Buyurtmani ko’rib chiqish va qaror qabul qilish. 
Standartni ishlab chiqish yoki yangilash to’g’risida buyurtmani ko’rib chiqish va qaror
qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul 
qilinadi. Buyurtmani ko’rib chiqish mazmun nuqtai-nazaridan va mehnat bozori talablariga
ko’ra, davlatning ta’lim siyosati aspektlarini hisobga olgan holda (ya’ni «Ta’lim to’g’risidagi» 
va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunlari asosida) amalga oshiriladi.

3-bosqich. Ishchi (ijodiy) guruhini tashkil etish. 
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qaroriga binoan standartlarni ishlab chiqish ijodiy 
ishchi guruhi tashkil etiladi. Ushbu ishchi guruhiga quyidagilar kiradi:
-
tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va ixtisosliklar bo’yicha ish beruvchilari vakillari; 

-
fan vakillari (tarmoq vazirliklari va ularning ilmiy tekshirish institutlari shu soha 


bo’yicha ekspertlari);
-
ta’lim muassasalari vakillari; 


-
O’MKHTRI vakillari. 




4-bosqich. Standart loyihasini tayyorlash. 
Standart loyihasini tayyorlashdan oldin, mutaxassisliklarning kasbiy tavsifnomasini 
aniqlash uchun mehnat bozorini tahlil qilish zarur. Keyinchalik standartning har bir komponenti
qaytadan ko’rib chiqiladi. 
O’MKHT tarmoq standarti quyidagi komponentlardan tashkil topadi:

Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin