Вазирлиги Самарқанд давлат архитектура қурилиш институти


O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarining vazifalari



Yüklə 85 Kb.
səhifə4/17
tarix20.11.2023
ölçüsü85 Kb.
#163611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Microsoft Word davlat talim standartlari namunaviy va ishchi oqu-www.hozir.org

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarining vazifalari: 
-
O’MKHT sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko’rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlariga 

nisbatan qo’yiladigan maqbul talablarni belgilash;


-
O’MKHT ga va uning pirovard natijalariga, ta’lim oluvchilarning bilimi va kasb 

malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibiga, shuningdek ta’lim faoliyati


sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo’yiladigan tegishli talablarni belgilovchi 
me’yoriy negizni yaratish;
-
xalqning boy aql-zakovat merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim 

oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy


etish;

-
O’MKHT o’quv-tarbiya va ta’lim jarayoniga, pedagogik va axborot texnologiyalari 


bilan ta’minlashga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim
oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me’yorlar va talablarni 
belgilash;
-
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning 

samarali integrasiyasini ta’minlash.


O’MKHT ni standartlashtirish tamoyillari:
 ta’limning uzluksizligi va uzviyligi;
 mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi fan-texnika va texnologiyalarning 
istiqbolli rivojlanishi, jamiyat talablari va ularning zamonaviy holatini hisobga olish;
 ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mujassamligi; 
 matnlar bayonining aniqligini va yagona qiymatliligini
 fan va texnika hamda texnologiyaning zamonaviy yutuqlariga respublikadagi va chet 
ellardagi ilg’or tajribalarga mos kelishi;
 O’MKHT maqsad va vazifalarining amalga oshirilishi. 


O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish 
O’MKHT sifatini nazorat qilish quyidagi usullarda olib boriladi
Ichki nazorat  - O’MKHT muassasasi tomonidan amalga oshiriladi;
o’qitish sifatining ichki nazorati ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi 
tasdiqlagan «Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining bilim saviyasi,
ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to’g’risida» gi Nizom asosida reyting-
nazorat shaklida o’tkaziladi.
Nazoratning reyting tizimi quyidagi nazorat tadbirlari o’tkazilishini ko’zda tutadi:
joriy nazorat – og’zaki so’rov, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar, laboratoriya
ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi va hokazo, ya’ni o’qituvchi o’z 
amaliyotida qo’llaydigan barcha so’rov turlarini o’z ichiga oladi.



oraliq nazorat – fanning ma’lum bir qismi, bo’limi yakunlangandan so’ng o’tkaziladi.


Oraliq nazoratning o’tkazilish tartibi, shakli ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik 
kengashi tomonidan belgilanadi.
yakuniy nazorat – semestr tamom bo’lganda va o’quv dasturining tegishli bo’limi 
tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Yakuniy nazoratning o’tkazilish tartibi, shakli
ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi. 
tashqi nazorat - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat Test Markazi
tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim 
muassasalari attestasiyasi boshqarmasi tomonidan tayyorlangan «Ta’lim muassasalari va
pedagogik kadrlarning davlat attestasiyasi va akkreditasiyasi haqidagi Nizom» va
amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi;
Davlat-jamoat nazorati – ta’limni boshqaruvchi vakolatli davlat organi va u bilan 
kelishilgan holda jamoat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga
oshiriladi; 
Yakuniy davlat attestasiyasi – davlat imtihonlari va malakaviy bitiruv diplom ishi
(loyiha)ni himoya qilish bilan yakunlanadi. 

Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin