Abulqosim Firdavsiy
ona - Vatan uchun fidoyi yuzlab bahodirlar obrazini
yaratgan fors-tojik adabiyotining ulkan shoiridir. U 941 yilda Eronning Tus shahri
yaqinidagi Boj qishlog‘ida o‘rtahol dehqon oilasida tug‘ilgan. Bo‘lajak shoirning otasi
Tus hokiminint «Firdavs», ya’ni «Jannat» nomli bog‘da bog‘bon bo‘lgan. Firdavsiy
dastlab qishlog‘idagi diniy maktabda, so‘ng Tus shahri madrasalarida tahsil oladi.
Otasi vafotidan so‘ng bog‘bonlik qiladi. Sharq xalqlari tarixini zo‘r zavq bilan
o‘rganadi, ko‘hna rivoyatlarni yozib oladi. Aytishlaricha, Xuroson hukmdori Mahmud
G’aznaviy shoirga «Shohnoma» (Shohlar haqidagi kitob) yozishni topshiradi va
asardagi har bir misra uchun bir dinor oltin tanga berishni va’da qiladi. Hukmdor
va’dasidan tonib, shoirga 120 dona kumush tanga beradi. Firdavsiy bundan
g‘azablanib, bu tangalarniga bir bo‘lagini hammom xodimiga, bir qismini sharbat
sotuvchiga va yana bir bo‘lagini pulni olib kelgan mulozimlarga taqsimlab beradi,
Mahmud G’aznaviyni xasislik va pastkashlikda ayblovchi hajviya yozadi. Bu qilmishi
uchun shoir quvg‘inda yuradi. Iroqqa ko‘chib borib, Bag‘dodda «Yusuf va Zulayho»
dostonini yozadi. U 1025 yilda o‘z ona qishlog‘ida vafot etadi. Ruhoniylar uning
jasadini musulmonlar mozoriga qo‘ydirmaganlaridan so‘ng, uni o‘zining bog‘iga dafn
etadilar.
«Shohnoma» asari haqida.-
Bu asar 30-35 yil mehnat samarasi bo‘lib, 60
ming baytdan iborat. Asar dastlab Abu Mansur Daqiqiy tomonidan «Xudoynoma»
(«Gushtasb») degan nom bilan yozila boshlagan. Biroq u asarning ming baytchasini
yozgan paytda quli tomonidan o‘ldiriladi. Bu ishni Firdavsiy davom ettiradi. Asarda
qariyb 4000 yil ichida Eron zaminida hukmronlik qilgan 4 ta sulolaga mansub 50
podshoh hayotiga tegishli voqea-hodisalar o‘z aksini topgan. «Shohnoma» dan zolim
va qonxo‘r Zahhok («ilonshoh», yelkasidan ilon o‘sib chiqqan) haqida, «Rustam va
Suxrob» haqida va shu kabi ko‘pgina dostonlar o‘rin olgan. Asar qahramoni Rustam
Shag‘odning makr-hiylasidan o‘ladi. Asardagi Zoli Zar, Rudoba, Suhrob, Gudarz, Gev,
Tus, Hojir, Gurdofarid, Humoy, Manija singari qahramonlar ham yer yuzida adolat
tantanasi uchun kurashadilar. «Zol va Rudoba» hamda «Bijon va Manija» dostonlarida
chinakam baynalmilallik g‘oyalari ilgari suriladi. Firdavsiy «Isfandiyr», «O’n shasi
muhoraba» dostonlarida, ayniqsa, mamlakatning butunligiga tahdid soluvchi, o‘zaro
urush chiqarish uchun bahona izlovchi shohlar, shahzoda va lashkarboshilarni qattiq
qoralaydi. Sharq adabiyotida birinchi bo‘lib, Iskandar mavzusini ham Firdavsiy
qalamiga
olgandir.
Dostları ilə paylaş: |