13.5-rasm. Intellektual robototexnik tizimning struktura sxemasi
Intellektual robototexnik sistema quyidagi qismlardan iborat:
Informasiyani kiritish blogi;
Mantiqiy chiqarish blogi;
Ma`lumotlar bazasi (MB);
Bilimlar bazasi (BB);
Maqsadlar bazasi(MB);
Algoritmlik yechimlar metodlar blogi;
Bilimlarni o’zlashtirish blogi;
Yechimlarni tushuntirish blogi;
Informasiyani chiqarish blogi;
Boshqarish ob`yekti.
Informasiyani kiritish blogiraqamli ma`lumotlarni, matnlarni, ovozni va tasvirlarni kiritish uchun xizmat qiladi. Informasiya sistemaning kirishiga yechilayotgan masalaga qarab, foydalanuvchidan, tashqi muhitdan va boshqarish ob`yektidan bo’lishi mumkin. Keyin kirish informasiyasi mantiqiychiqarishblogiga uzatiladi yoki to’g’ridan to’g’ri ma`lumotlar bazasiga (MB) uzatilishi
mumkin. Predmet sohasining ob`yekti bo’yicha iformasiya simvollar yoki raqamlar ko’rinishida bo’ladi.
Mantiqiy chiqarish va boshqarish informasiyasini shakllantirish blogi intellektual sistemaning aniqmas formallashtirilgan masalalarini yechimini izlashni ta`minlaydi va harakatlarni rejalashtirishni va foydalanuvchi yoki boshqarish ob`yekti uchun boshqarish informasiyani shakllantirishni amalga oshiradi. Bunda ma`lumotlar bazasi(MB), bilimlar bazasi (BB), maqsadlar bazasi (MaB) va yechimlarning algoritmik metodlari bazasi (YeAMB) asos bo’ladi.
Ma`lumotlarbazasi– predmet sohasi ob`yekti bo’yicha barcha ma`lumotlar to’plamidir.
Bilimlar bazasi – bilimlar yig’indisi bo’lib, o’z ichiga, masalan produksion qoidalar sistemasini, predmet sohasining qonuniyatlarini oladi.
Maqsadlar bazasi – sistemaning lokal maqsadlar to’plami bo’lib, global maqsadga erishish uchun konkret momentda va konkret situasiyada aktivlashtirilgan bilimlar yig’indisidir.