111
a) har bir ishtirokchi bir minut davomida boshqalarning qo‘lini
siqib unga
qarata iliq so‘zlar aytadi.
b) ishtirokchilar bir-birlariga beshtadan kompliment(xushomad so‘zlar)
aytadi.
v) har bir ishtirokchi o‘rnidan turib bittadan latifa aytadi, boshqalar esa uni
qarsaklar bilan siylaydi.
2. Ikkinchi qadam: Suhbatda chiqish qilish ko‘nikmasini hosil qilish:
a) ishtirokchilar juftliklarga bo‘linib, uch minut mobaynida bir-birlari bilan
suhbatga kirishadilar;
b) natijalar guruhda muhokama qilinadi;
v) boshlovchi mavzuni umumlashtiradi va
uni yanada yaxshilash uchun
nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida tavsiyalar beradi.
3. Uchinchi qadam: xushomad (kompliment) va uni qabul qilish
ko‘nikmasini o‘zlashtirish:
a) Boshlovchi qanday qilib xushomad qilish, unga qo‘yiladigan talablar, har
bir kishiga yoqadigan kompliment turlari haqida ma’lumot beradi;
b) ikki-uch juft ko‘ngillilar o‘rnilaridan turib
bir-birlariga xushomad
qiladilar;
v) muhokama;
g) Boshlovchi xushomadni qabul qilish qoidalari haqida
tushuntirish beradi;
d) yana xushomad, iltifot, takalluf ko‘rsatishadi, ammo asosiy e’tiborni
uning qanday qabul qilinishiga qaratiladi.
4. To‘rtinchi qadam: muloqotning noverbal usullari rolini oshirish:
a) boshlovchi muloqotning noverbal usullari- gavda harakatlari tili, mimika,
imo-ishora va boshqalar haqida ma’lumot beradi.
b) ishtirokchilar yana juftliklarga bo‘linib bir-birlariga xushomad
qilishadi,
biroq so‘zlar emas imo-ishora va mimikadan foydalanishadi,
sheriklarni qanday
tushunganliklarini ham imo-ishora bilan ifodalashadi.
v) muhokama.
112
5. Beshinchi qadam: avtomatik fikrlarga qarshi kurashish:
a) boshlovchi avtomatik fikrlar nima va ular bilan qanday kurashish
kerakligi va boshqalar haqida ma’lumot beradi;
b) har bir ishtirokchi o‘rnidan turib o‘zining shaxsiy hayoti va kelajakda u
bilan nima sodir bo‘lishi mumkinligi haqida gapirib beradi.
Boshqalar unga
nisbatan o‘z munosabatlarini bildirishadi.
6. Oltinchi qadam ( unchalik majburiy emas, vaqt ortib qolsa o‘tkazish
mumkin): egotsentrizm( o‘ta xudbinlik)ni yengish;
a) boshlovchi juda qisqa vaqt davomida ko‘p hollarda yolg‘izlikning asosiy
sababi ortiqcha egotsentrizm bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi;
b) ishtirokchilar navbat bilan o‘rnilaridan turib istalgan mavzuda gapiradilar,
ammo “men”, “menga”, “meniki” degan so‘zlarni ishlatmasliklari kerak. Bir
marotaba bo‘lsa ham bu so‘zlarni ishlatgan ishtirokchi joyiga o‘tiradi.
Chiqish
qilish vaqti- 5 minut.
7. Har bir ishtirokchiga uyga vazifa beriladi:
a) notanish kishi bilan suhbatga kirishish;
b) unga xalaqit beruvchi beshtadan avtomatik fikrlarni yozib kelish.
Dostları ilə paylaş: