Verska(1 128) 2017 yil p65


-mashq.  Gaplarni ko‘chiring. Sifatlarning ma’no guruhlarini va



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

27-mashq.
 Gaplarni ko‘chiring. Sifatlarning ma’no guruhlarini va
gapdagi vazifasini aniqlang. Yaxshilik va yomonlik haqida bilganlaringizni
gapirib bering.
1. Yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqar. 2. Do‘sti nodondan
dushmani ziyrak yaxshi. 3. Qomati baland bo‘lgan har kishining
qimmati ham baland emas. 4. Yomon kishilarga hamroh bo‘l-
sang, qozonga o‘xshab qorasini yuqtiradi. 5. Nodonga pand
aytsang, qafasga shamol yuborgan bilan teng bo‘ladi. (Sa’diy
hikmatlaridan) 6. Bek dono, botir, sheryurak bo‘lishi lozim.
Uning bilimli, zakovatli, mulohazakor bo‘lishi taqozo etiladi. Ochiq
yuzlilik bekning yaxshi fazilatlaridan biri. (Yusuf Xos Hojib)
28-mashq.
Uyga vazifa. «Sog‘ tanda sog‘lom aql» mavzusida matn
tuzing. Unda qo‘llangan ot va sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlariga e’tibor
bering.


13
SON VA RAVISH SO‘Z TURKUMLARI BO‘YICHA
O‘TILGANLARNI TAKRORLASH
Savol va topshiriqlar
1. Sonlarga egalik va kelishik qo‘shimchalarini qo‘shib ko‘ring.
2. Sodda, qo‘shma va juft sonlarga misollar ayting.
3. Sonlarning imlosi haqida so‘zlang.
4. Ravishning qanday ma’no turlari bor?
5. Ravishlarning yasalishi haqida so‘zlang.
6. Sodda, qo‘shma, juft va takroriy ravishlarga misollar keltiring.
29-mashq.
 Matnni o‘qing. Sonlarning ma’no turlarini aniqlang.
Muhammad al-Xorazmiy 873-yilda Xorazmda tavallud
topgan. U algebra va geometriya, geografiya kabi fanlarning
rivojiga munosib hissa qo‘shgan.
Muhammad al-Xorazmiyning «Al-jabr» kitobi uch bo‘lim-
dan iborat. Unda oltmishdan ortiq murakkab masalalarni
tenglama yordamida yechish yo‘llari ko‘rsatilgan.
Asar 1145-yili R. Chester tomonidan lotin tiliga tarjima
qilingan. «Al-jabr» so‘zi «algebra», Al-Xorazmiy esa «algoritm»
deb atalgan. (S. Ahmedov)

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin