12
4. Otlarning ma’no guruhlariga misollar keltiring.
5. Qo‘shma, juft, takroriy otlar va ularning imlosi haqida gapiring.
6. Asliy va nisbiy sifatlar haqida so‘zlab bering.
7. Sifat darajalariga misollar keltiring.
8. Sifatlar otlashganda qaysi gap bo‘lagi bo‘lib kela oladi?
26-mashq.
Gaplarni o‘qing. Yasama otlarni aniqlab, ularning yasalishini
tushuntiring. O‘zbekistonni nima uchun «serquyosh o‘lka» deymiz? Shu
haqdagi fikrlaringizni aytib bering.
Iqbolxonning ish stolidagi mitti guldonda sovuqdan ochilmay
qolgan atirgulning ikki dona g‘unchasi turar edi.
(S. Zunnunova)
O‘zbekiston – go‘zal diyor,
Saodatga mehnati yor.
O‘zgacha bir hikmati bor,
Halollikka aytar alyor!
(Yo‘ldosh Sulaymon)
Dostları ilə paylaş: