149
ASOSIY ATAMALAR USTIDA ISHLASH
olmosh – boshqa so‘zlar, shuningdek, so‘z birikmasi va gap
o‘rnida almashtirib qo‘llaniluvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so‘roq
bildiruvchi so‘zlar
sodda olmoshlar – faqat bir asosdan iborat bo‘lgan olmoshlar
qo‘shma olmoshlar – ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar
juft olmoshlar – bir-biriga mazmunan yaqin bo‘lgan olmosh-
larning birikuvidan hosil bo‘lgan olmoshlar
takroriy olmoshlar – bir olmoshning aynan yoki ayrim tovush
o‘zgarishi bilan (masalan,
uncha-muncha) takrorlanishidan hosil
bo‘lgan olmoshlar
ismlar – egalik, kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarish xusu-
siyatiga ega bo‘lgan so‘zlar
lug‘aviy shakl – ismlarning ko‘plik, kichraytirish-erkalash, qiyos-
lash ma’nolarini bildiruvchi qo‘shimchalarga ega bo‘lgan shakli
munosabat shakli – ismlarning egalik, kelishik,
-man, -miz,
-san, -siz, -dir qo‘shimchalariga ega bo‘lgan shakli.
egalik qo‘shimchalari – ismlarga qo‘shilib, asos qismda ifoda-
langan narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarning uch shaxsdan
biriga qarashliligini bildirgan qo‘shimchalar
Dostları ilə paylaş: