151
so‘roq va taajjub yuklamalari – gapning mazmuniga so‘roq-taajjub
ma’nosini yuklovchi yordamchi so‘zlar
ayiruv-chegaralov yuklamalari – o‘zi qo‘shilayotgan so‘zning
ma’nosini ayirib-chegaralab
keluvchi yuklamalar
kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari – gapning ma’lum bir bo‘lagi
yoki butun gap ma’nosini kuchaytirib, ta’kidlab keluvchi yuklamalar
o‘xshatish-qiyoslash yuklamalari – so‘z yoki gapga o‘xshatish-
qiyoslash ma’nosini yuklovchi yordamchi so‘zlar
undov so‘zlar – his-hayajon, buyruq-xitobni ifodalovchi so‘zlar
taqlid so‘zlar – narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni
bildirgan so‘zlar
modal so‘zlar – bayon qilinayotgan fikrga so‘zlovchining
ishonch, gumon, quvonch, afsuslanish
kabi munosabatlarini bildir-
gan so‘zlar
152
TESTLARDAN NAMUNALAR
1. Mendan rozi bo‘
linglar, men ham sizlardan roziman. Ushbu
gapda olmoshning qaysi turi ishtirok etgan?
A) belgilash
olmoshi
C) so‘roq olmoshi
B) kishilik olmoshi
D) gumon olmoshi
2. Olmoshlar qaysi so‘z turkumlarining o‘rnida kela oladi?
A) ot, fe’l
B) sifat,
ravish
C) ot, sifat, son, ravish
D) barcha mustaqil so‘z turkumlari o‘rnida
3. Husnbonuning oy desa, yuzi, kun desa, ko‘
zi bor ekan, bilimdon-
u aqlli ekan. Ushbu gapda qanday yordamchi so‘z ishtirok etgan?
A) yuklama
C) teng bog‘lovchi
B) ko‘makchi
D) ergashtiruvchi bog‘lovchi
Dostları ilə paylaş: