22
KO‘RSATISH OLMOSHLARINING
TALAFFUZI VA IMLOSI
1-topshiriq. Ko‘chiring. Ko‘rsatish olmoshlarini toping.
Ularning
tuzilishiga e’tibor bering.
1. Niyatimga yetaman, mana bu to‘polonlar o‘tib olsin-chi...–
derdi u Onabibiga. (
Asqad Muxtor). 2.
Ehsonning Moskvaga keti-
shi mana shu kunlarga to‘g‘ri keldi. (
Abdulla Qahhor) 3. Voy, ma-
navi bolaning shirinligini! – Parcha xola do‘rillab xitob qildi. (
O‘. Ho-
shimov) 4. Anavini qara-ya, o‘zimizning to‘pori Zebimi shu? (
Said
Ahmad) 5. Mana buni aytsa bo‘lar
Eng oliy, zo‘r muammo! O‘rab
oldi uni beshov, Miq etmasdi u ammo. (
A. Oripov) 6. Mana bu
fikringizga jonlar tasadduq bo‘lsin! – qichqirdi Sultonmurod.
(
Oybek)
2-topshiriq. Yuqoridagi olmoshlarning qanday yozilganini ayting.
3-topshiriq. Men, sen, u, bu, shu olmoshlariga kelishik qo‘shim-
chalarini qo‘shing. Asos bilan qo‘shimcha o‘rtasida qanday o‘zgarish
bo‘layotganini ayting.
4-topshiriq. Gapni o‘qing, ko‘rsatish
olmoshini topib, unga izoh
bering. Shu kabi hikmatli so‘zlarga misollar keltiring.
Ilmsizga to‘g‘ri so‘z ma’nosizdir, unga o‘git-nasihat foydasizdir.
(
Ahmad Yugnakiy)
Dostları ilə paylaş: