Verska(1 128) 2017 yil p65


Biz kelajagi buyuk Vatanning farzandlarimiz. Bu



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

Biz kelajagi buyuk Vatanning farzandlarimiz. Bu Vatan
bizning qadimiy tuprog‘imiz. Asrlar qa’ridan kelayotgan
munavvar tonglarga ko‘krak ochgan o‘z diyorimiz. Biz uni
sevamiz, ardoqlaymiz. Uning qudrati, shon-shuhrati, erk-u
farovonligi yo‘lida xizmat etish bilan baxtlimiz. (B. Shodiyeva)
Savol va topshiriqlar
1. Ko‘rsatish olmoshlari qaysilar?
2. Ko‘rsatish olmoshlari qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
3. Uzoqdagi va yaqindagi narsalarni ko‘rsatish uchun qaysi olmosh-
lardan foydalanamiz?
49-mashq.
 Uyga vazifa. Badiiy asarlardan ko‘rsatish olmoshlari qat-
nashgan o‘nta gap topib yozing.
?


22
KO‘RSATISH OLMOSHLARINING
TALAFFUZI VA IMLOSI
1-topshiriq. Ko‘chiring. Ko‘rsatish olmoshlarini toping. Ularning
tuzilishiga e’tibor bering.
1. Niyatimga yetaman, mana bu to‘polonlar o‘tib olsin-chi...–
derdi u Onabibiga. (Asqad Muxtor). 2. Ehsonning Moskvaga keti-
shi mana shu kunlarga to‘g‘ri keldi. (Abdulla Qahhor) 3. Voy, ma-
navi bolaning shirinligini! – Parcha xola do‘rillab xitob qildi. (O‘. Ho-
shimov) 4. Anavini qara-ya, o‘zimizning to‘pori Zebimi shu? (Said
Ahmad) 5. Mana buni aytsa bo‘lar Eng oliy, zo‘r muammo! O‘rab
oldi uni beshov, Miq etmasdi u ammo. (A. Oripov) 6. Mana bu
fikringizga jonlar tasadduq bo‘lsin! – qichqirdi Sultonmurod.
(Oybek)
2-topshiriq. Yuqoridagi olmoshlarning qanday yozilganini ayting.
3-topshiriq. Men, sen, u, bu, shu olmoshlariga kelishik qo‘shim-
chalarini qo‘shing. Asos bilan qo‘shimcha o‘rtasida qanday o‘zgarish
bo‘layotganini ayting.
4-topshiriq. Gapni o‘qing, ko‘rsatish olmoshini topib, unga izoh
bering. Shu kabi hikmatli so‘zlarga misollar keltiring.
Ilmsizga to‘g‘ri so‘z ma’nosizdir, unga o‘git-nasihat foydasizdir.
(Ahmad Yugnakiy)

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin