20
45-mashq.
Uyga vazifa. Quyida berilgan gaplarni o‘qing. Ajratib ko‘r-
satilgan so‘zlar o‘rniga mos olmosh qo‘llab, gaplar tuzing.
1.
Xudoyberdi To‘xtaboyev – bolalarning sevimli yozuv-
chisi.
2.
Qiziqarli kitoblarni ko‘p o‘qish kerak.
3. Men bu yil
yettinchi sinfni tamomlayman.
KO‘RSATISH OLMOSHLARI
1-topshiriq. Bu, shu, u, o‘sha so‘zlarining har birini gap ichida
keltiring.
2-topshiriq. Gap ichidagi olmoshlarning qanday gap bo‘lagi
vazifasida kelayotganini aniqlang.
Oldingi gap, gapdagi biron-bir so‘z, so‘z birikmasi
o‘rnida qo‘llanib, unga ishora qiluvchi yoki biror so‘zni
aniqlab keluvchi olmoshlar ko‘rsatish olmoshlari hi-
soblanadi.
So‘z ma’nosini aniqlab keluvchi olmoshlar o‘zi aniq-
layotgan so‘zdan oldin qo‘llanadi. Masalan: Bu daftar
meniki.
Bu, shu, u, o‘sha, ana, mana kabi so‘zlar ko‘rsatish
Dostları ilə paylaş: