28
SO‘ROQ OLMOSHLARI
1-topshiriq. So‘roqni bildiruvchi so‘zlar o‘rniga qavsda berilgan
so‘zlardan birini qo‘ying.
1. Kim shaxmat to‘garagiga qatnashadi? (
Vali, men, o‘rtog‘im,
sinfimiz) 2. Dunyoda nima kuchli? (
shamol, aql, uyqu) 3. Sinfingizda
nechta o‘quvchi bor? (
yigirmata, o‘ttizta) 4.
Siz nechanchi sinfda
o‘qiysiz? (
yettinchi)
2-topshiriq. So‘roqni bildiruvchi so‘zlar ishtirok etgan gaplar qanday
gap, so‘roq o‘rniga uning javobi ishtirok etgan gaplar qanday gap
ekanini ayting.
3-topshiriq. Quyidagi so‘roqlarning
nimalarni aniqlash uchun
berilishini ayting.
Kim?, nima?, qachon?, qayer?, qaysi?, qanday?, nega?, qancha?
Shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab,
maqsad, o‘rin, payt haqida so‘roqni bildiruvchi olmoshlar
so‘roq olmoshlari sanaladi.
61-mashq.
Quyidagi jadvalni tegishli so‘roq olmoshlari bilan to‘l-
diring.
So‘roq olmoshlari ishtirok etgan gaplar so‘
roq gap
hisoblanadi. Bunday gaplar so‘roq ohangi bilan ta-
laffuz qilinadi va yozuvda gap oxiriga so‘roq belgisi
qo‘yiladi: Siz qaysi kitoblarni o‘qigansiz?
!
!
So‘roq turlari
Olmoshlar
Shaxs so‘rog‘i
Narsa-hodisa so‘rog‘i
Belgi-xususiyat so‘roqlari
Miqdor so‘roqlari
Sabab-maqsad so‘roqlari
O‘rin-joy so‘roqlari
Payt so‘roqlari
29
62-mashq.
Ko‘chiring. So‘roq olmoshlarining tagiga chizib, tepasiga
so‘roq turini yozib qo‘ying. O‘z nutqingizda qachon qaysi so‘roq olmosh-
laridan foydalanasiz?
1. Nega uni otdami, aravadami eltib qo‘ymadi? (
Abdulla
Qahhor) 2. Mukarrama, ular kim ekan? 3.
Kechagi gaplardan
keyin qaysi yuzi bilan boradi? (
Asqad Muxtor) 4. Nima ishlari
bor ekan? – so‘radi Zulayho xola. (
G‘afur G‘ulom) 5. Xudoyo,
tavba qildim, bu qanday kun? Yo qudratingdan, bu qanday odam?
(
Abdulla Qahhor) 6. Nega muncha g‘amgin
nayning navosi,
nega qalbim to‘la o‘kinch va malol? (
A. Oripov) 7. – Kimga
sovg‘a qilmoqchisiz, yoshi nechada? – dedim. – Onamga,
tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilmoqchi edim. (
A’zam Ismoil) 8. Ilm
va odob – tagi yo‘q xazina. Kimki unga ega bo‘lsa, qadr-u
qiymati baland bo‘ladi. (
«Otalar so‘zi») 9. – Qanaqa o‘rik? –
Erkin aka yelkasini qisib qo‘ydi-da, nari ketdi. (
O‘. Hoshimov)
Dostları ilə paylaş: