-dir qo‘shimchalari munosabat shakllari deyiladi. Demak, ismlarning munosabat shakllariga quyidagilar kiradi: 1) egalik shakllari; 2) kelishik shakllari; 3) ismlar- ni kesim sifatida shakllantiruvchi va ega bilan munosa- batini ifodalovchi -man, -miz, -san, -siz, -dir qo‘shim- chalari, bo‘lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so‘zlari. Uchinchi turdagi qo‘shimchalar bog‘lamalar deb ham yuritiladi. 94-mashq. Ko‘chiring. Munosabat shakllarini yasovchi qo‘shimcha- larning tagiga chizing. Ularni izohlang. Yettinchi gapdagi fikrga munosa- bat bildiring. 1. Jon do‘sting jonidan kechsa ham, Mol do‘sting molidan
kechmas. (Maqol) 2. Qurbon cholning gapini eshitib hayron
qoldi. (Sh. Xolmirzayev) 3. Ra’noning yerga qaragan ko‘zi
sekingina Anvarga ko‘tarilib, yana yerga og‘di. (Abdulla Qodiriy)
4. Hammaning ko‘zi domlada ekan, Zebi chimmatini yuzidan
oldi. (Cho‘lpon) 5. Humoyun hamma dardini aytib ko‘nglini
bo‘shatsin uchun Xonzoda begim uning so‘zini bo‘lmay toqat
bilan jim tingladi. (P. Qodirov) 6. Chol podshoning oldiga borib,
savoliga javob beribdi. (Ertakdan) 7. Tilingga juda ehtiyot bo‘lgin, boshing omon saqlanadi. So‘zingni qisqa qilsang, um- ring uzayadi. (Yusuf Xos Hojib) 8. Shundan so‘ng To‘maris
qo‘shinini to‘plab, jangga otlandi. (Mirkarim Osim) 9. Qazisan,
qartasan, asl naslingga tortasan. (Maqol)
!
47
95-mashq. Matnni ko‘chiring. Ismlarning lug‘aviy va munosabat shakllarini aniqlab, izohlang. Non va uning qadri haqida fikrlashing. Nonushta yo tushlikka
Yozarkanmiz dasturxon,
Dasturxonga zeb berib,
Bo‘y taratar kulcha non.
Noz-ne’matning sarasi
Va tabiat ne’mati.
Bu ne’matni yaratar
Oltin qo‘llar mehnati.
Kech kuzakda sochib don,
Kelguncha yoz – saraton
Bug‘doyzorda ter to‘kar
G‘allakor – asl dehqon.
Bepoyon qir-adirda
To‘lishganda boshoqlar,
Kombaynchi amaki
O‘rimga o‘zin chog‘lar.
Tegirmonchi akalar
Mahtal etmas novvoyni.
Novvoy esa yopadi
Tandir-tandir shirmoyni.
Shu bois har burdasin
Tabarruk deb bitaman.
Yo‘l ustida uchrasa,
Olib ko‘zga surtaman.
(Do‘stjon Matjon)
♦
♦
♦
♦
♦