76
157-mashq.
Berilgan gaplardagi ko‘makchilarni toping. Ularni ikki
guruhga – sof va vazifadosh ko‘makchilarga ajratib yozing. Ularning bir-
biridan farqini topishga harakat qiling.
Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda yoshligidan
ko‘p ijobiy xislatlarga ega bo‘lgan edi.
U nihoyatda ziyrak,
idrokli, keng mushohadali, o‘ta
qiziquvchan, uquvli, bilimga
chanqoq, mehnatkash edi va shu fazilatlari bilan ajralib turardi.
Usmon Nosir o‘z ustida ko‘p ishlardi... Usmon she’rlarida
jimjimadorlik ko‘rinmas, fikr-tuyg‘u
sodda til orqali harorat
bilan bayon qilinar edi.
(O‘tkir Rashid) Asarni o‘qishga
kirishishingiz bilan ko‘z o‘ngingizda rangin manzaralar paydo
bo‘ladi. Qulog‘ingiz ostida ajib ohanglar jaranglay boshlaydi...
Hech
shubhasiz, badiiy adabiyot – dunyodagi sakkizinchi
mo‘jiza! (
O‘. Hoshimov)
♦
♦
♦
♦
♦
158-mashq.
Avval, keyin, ost, ust, orqa, old so‘zlarini mustaqil so‘z
va ko‘makchi vazifalarida ishlating va ularning har biri ishtirokida gap
tuzing. Singari, kabi, ko‘
ra, binoan ko‘makchilari ishtirokida gaplar tuzing.
Ularning ma’no va vazifalarini tushuntirishga harakat qiling.
Savol va topshiriqlar
1. Ko‘makchilar deb nimaga aytiladi?
2. Ko‘makchilarning qanday turlari mavjud?
3. Ko‘makchilar ishtirokida gaplar tuzing.
159-mashq.
Uyga vazifa:
«Qish faslida» mavzusida ko‘makchilardan
foydalanib, hikoya yozing. Foydalanilgan ko‘makchilarning ma’no va
Dostları ilə paylaş: