4
Misol uchun tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat,
mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-
mazmun bilan boyitadigan va to‘ldiradigan iboralarni olaylik.
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, bu iboralarni boshqa tillarga aynan
tarjima qilishning o‘zi mushkul bir muammo.
Shuni aytish lozimki, bu tushunchalar kimdir shunchaki
o‘ylab topgan shirin kalom, quloqqa xush yoqadigan so‘zlar
emas. Bunday tushunchalar asrlar mobaynida el-yurtimizning
dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga
kelgan, ong-u shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qad-
riyatlarning amaliy ifodasidir.
Dostları ilə paylaş: