Rp.: ___________________
___________________
M.f________________
D.t.d. N ____________
S. _______________
Misol uchun:
Rp.: Sulfodimezini
Streptocidi albi aa 3.0
Extracti et pulveris
Radicis Taraxaci q.s
ut fiat pilula
D.t.d.N 4
S. Ichga, 1 ta pilyuladan har kuni
2 mahal non bilan.
Murakkab dozalarga bo’lingan retsept bu kurinishdagi retseptlarda kukun, pilyula va xab dori shakllari yozib beriladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan 4 tala retsept shakllari dispenzasion (ko’paytirish) usulida yoziladi.
5-shakl: Murakkab divizion (bo’linish)
Rp.: ___________________
_________________
M.f________ N ____
D. S____________
Misol uchun:
Rp.: Streptocidi albi
Sulfadimezini aa – 30,0
Farinae secalinae et
Aquae destillatae q.s.
M.f boli N 3
D.S. Ichga, xar kuni 1 xab doridan
3 mahal.
Murakkab divizion (bo’linish) usulida yozilgan retsept.
Bu ko’rinishdagi retseptlarda kukun, xab dori va pilyula dori shakllari yozib beriladi.
Retseptlar yozilishida dorining lotincha nomlari qisqartma so’zlar bilan ko’rsatilishi mumkin. Bunday paytlarda qisqartirilgan so’zlar to’liq ma’noni anglatishi shart.
Misol uchun: Misce, Da, Signa – M,D,S deb yoziladi.
Retseptlarda faqatgina zaharli va kuchli ta’sir etuvchi vositalarni nomlanishi qisqartirilmasdan yoziladi.
Retseptda yozish mumkin bo’lgan qisqartma so’zlar namunasi.