Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə117/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Cito – tezda, Statim – usha vaqtning o’zida, Citissime – zudlik bilan.
Olinadigan dori zaharga qarshi qo’llash uchun bo’lsa – Antidotum (zaharga qarshi) so’zi yoziladi.
Retseptda bunday so’zlar yozib ko’rsatilganda dori vositalari dorixonalarda navbatsiz tezda tayyorlab beriladi.
Agar retsept tarkibi A ro’yxatga kiruvchi zaharli vositalardan tashkil topgan bo’lsa bu retseptlar yozilgan kunidan boshlab 5 kungacha, uyqu chaqiruvchi va neyroleptik vositalar bo’lsa 10 kungacha xaqiqiy hisoblanadi va dorixonalardan bir marta olish uchun ruxsat etiladi. Qolgan umumiy ta’sir etuvchi vositalardan iborat retseptlar esa yozilgan kundan boshlab 2 oygacha haqiqiy hisoblanadi.
Agarda retseptda yozib ko’rsatilgan dori vositalarini qaytadan ikkinchi marotaba olish kerak bo’lsa, retsept qog’ozining bo’sh joyiga Repetatur – qaytarilsin so’zi yozilib, qaytadan usha kun va vrach imzosi qo’yiladi. Retseptlar oddiy va murakkab bo’lishi mumkin.
Oddiy retseptlar tarkibi bitta dori vositalaridan iborat bo’lsa, murakkab retseptlarda bir necha xil dori vositalari yozib ko’rsatilgan bo’ladi.
Amaliyotda ko’proq kukun, pilyula, tabletka, ampuladagi suyuq dori shakllari tayyor holatida retseptlarda dispenzasion – (kupaytirish) usulida yoziladi. Dori shakllarini tayyorlash uchun retseptlarda tarkibiy qismlarini ko’rsatib berish uchun ko’proq divizion (bulinish) usulidan foydalaniladi.


3- amaliy mashg’ulot: Retseptning shakllari. Retseptda ishlatiladigan qisqartma so‘zlar va belgilar.


Darsning maqsadi: Retseptning shakllari bilan talabalarni tanishtirish va har bir shaklda retseptlar yozish. Retseptda dori nomlarini lotincha so’z va ifodalarni qisqartirish qoidalarini urgatish.
Darsning o’tkazish tartibi–Dars o’qituvchi bilan talabalar o’rtasidagi muloqat asosida olib borilib, barcha ma’lumotlar yozib tushintirib beriladi. retseptlar yozish.
Darsni o’tkazish uchun kerakli jihozlar va vositalar. Retsept shakli va turli xil dori vositalarining lotincha nomlari qisqartirib yozilgan jadvallar. Kafedrada mavjud bo’lgan dori vositalari, retsept qo’gozlari, adabiyotlar.
Retseptlar oddiy va murakkab, dozalarga bo’lingan va dozalarga b’'linmagan bo’ladi. Dozalarga bo’lingan retseptda dori vositasidan 1 marta, dozalarga bo’linmagan retseptda esa dori vositasidan bir necha maratoba qabul qilish ko’rsatiladi.
Retseptning asosiy qismlaridan ko’rinib turibdiki, uning bir qismi o’zgarmas doimiy bo’lib (inscriptio, praepositio, nomen medici ), boshqa qismlari esa (designatio materiarum, subscriptio, signatura ) o’zgaruvchan bo’ladi.
Retsept qismlarining o’zgarishi asosan tayyorlanadigan dori shaklining nechta dori vositasidan iborat bo’lishligiga, qanday dozalarda va qaysi hayvon turiga, qay usulda berilishligiga bog’liq bo’ladi.
Shu tufayli retsept shakllari ham har xil ko’rinishda va usulda yozib beriladi.
Amaliyotda asosan retseptning 5 xil shakli amal qiladi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin