Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə125/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Qo‘llanilishi. Surgi dori sifatida mayda hayvonlarga ich qotishlarda, oshqozon va ichaklarda ozuqalar tiqilib qolganda, zaharlanishlarda qo‘llaniladi. Tashqi tomonga spirt bilan 1:2 nisbatda sochlarni o‘stirish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari Vishnevskiy mazi tarkibida yaralar va dermatitlarni davolashda
ishlatiladi.
Dozalari: (og‘iz orqali), Qoramollarga– 250,0-800,0, otlarga – 250,0-500,0, mayda shoxli mollarga – 50,0-200,0. cho‘chqalarga – 20,0-100,0, itlarga – 15,0-50,0.
Aloe ta’siri
Aloe o‘simlik tarkibida asosiy ta’sir etuvchi moddasi – antroglikozidlar hisoblanadi. Bu birikmalar ichaklarga tushgach emodin va alainga parchalanib, ichaklardagi retseptorlarni qitiqlaydi va surgi ta’sir ko‘rsatadi. Kichik dozalarda ishtaxani ochadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, o‘t ajralishini kuchaytiradi. Katta dozalarda yo‘g‘on ichaklarga tushgach, surgi ta’sirini namoyon etadi, surgi ta’siri 12-16 soatdan keyin boshlanadi va 8-24 soat davom etadi. Sabur otlar uchun eng yaxshi surgi dori hisoblanadi. Qoramollar, qo‘y-echkilar va cho‘chqalarda esa bu dorilarga nisbatan sezuvchanlik sust. Lekin, sabur bug’oz hayvonlarga surgi dori sifatida qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki yo‘g‘on ichaklarni kuchli qitiqlash natijasida reflektor yo‘l bilan orqa tos qismida joylashgan organlarga kuchli qon oqishini ta’minlaydi, bunday holat bola tashlashgacha olib keladi.
Qo‘llanilishi: Surgi dori sifatida ich qotishlarida, ichaklarda oziqa tiqilib qolganda yoki gaz to‘planganda qo‘llaniladi, bundan tashqari o‘t haydovchi sifatida jigar kasalliklarida. Hayvonlarga og‘iz orqali xabdori shaklida, bo‘tqa shaklida, kukun shaklida qo‘llaniladi.
Qo‘llanilmaydi: o‘tkir gastrit va enterit, yurak ishini buzilishi bo‘lganda, bug‘ozlik davrida, sigirlar sog‘ilishi davrida, chunki sabur ta’sirida sutda achchiq ta’m paydo bo‘ladi.
Dozalari; (og‘iz orqali), Qoramollarga – 20,0-35,0, otlarga – 20,0-35,0, mayda shoxli hayvonlarga – 10,0-15,0, cho‘chqalarga – 5,0-10,0, itlarga – 1,0-3,0.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin