Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


III.Padofillin tipidagi surgi moddalar



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə126/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

III.Padofillin tipidagi surgi moddalar.
1. Podofillin – phodophyllinum. Bu modda podofillin o‘simligi ildizidan olinadi. Sariq rangli kukun, achchiq ta’mli, suvda erimaydi, spirtda eriydi. Bu moddani surgi ta’siri hazm yo‘li sezuvchan nerv oxirlarini qitiqlash bilan yuzaga keladi, ya’ni oshqozondan boshlab, to yo‘g‘on ichaklargacha. Biroq yo‘g‘on ichaklarda bu moddani ta’siri oshqozon va ingichka ichaklarga qaraganda kuchli namoyon bo‘ladi. Sababi, podofillin yo‘g‘on ichaklarda ko‘proq to‘planadi. Surgi ta’siri 16 soatdan keyin boshlanadi.
Qo‘llanilishi. Podofillin surunkali ich qotishlarda, ya’ni ingichka va yo‘g‘on ichaklar funksiyasi buzilganda ham o‘t ajralishini kuchaytirish uchun qo‘llaniladi.
Dozalari;(og‘iz orqali), Qoramollarga - 5-15,0 mg , mayda shoxli hayvonlar - 1,0-3,0 mg, otlarga – 20,0-35,0 mg, cho‘chqalarga – 5,0-10,0 mg, itlarga – 1,0-3,0 mg.
5-amaliy mashg’ulot: Penitsillinlar va tetrasiklinlar sinfi, preparatlari va hayvonlarga turli shakllarda retsept yozish.


Darsning maqsadi: Bu amaliy mashgulotda talabalarga Antibiotiklar, ularning sinflari va preparatlari bilan tanishishadi. Mulohazalar o‘tkazadi. Xar xil usullarda retseplar yozadi.
Darsning o’tkazish usuli: Talabalar bu dasrga ta’luqli bo‘lgan barcha dori moddalari bilan tanishadi. Antibiotiklar sinflariga doir dorilarning lotincha nomlarini yozish.
Dars uchun kerakli jihozlar va vositalar: Benzilpenitsillinning natriy tuzi; bitsillin – 1-3-5, tetratsiklin gidroxlorid, oksitetratsiklin, digidrat, jadvallar, plakatlar.
Antibiotik” termini 1942 yilda dunyo bo’yicha qabul qilinib, grekcha anti – qarshi va bios – hayot degan ma’noni anglatadi.
Antibiotiklar mikroblar, zamburug‘lar, hasharotlar, hayvonlar va o‘simliklarning hayotiy ish faoliyati davrida hosil bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi mikroblar, viruslar, oddiy hayvonlarda kasallik chaqiruvchi zamburug‘lar, gelmintlar (helmins helminthes) ni har xil yo‘llar bilan o‘limga olib boradi. Antibiotiklarning ma’lum bir qismi hayvonlar va parrandalarning o‘sishini tezlashtiradi, tezda semirtiradi. Ularning ushbu xususiyatlari keyinroq aniqlandi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin