Sefalosporinlar.
Ushbu guruhga tabiiy antibiotiklar va ularning yarim su’niy unumlari kiradi. Preparatlar bakterialarga qarshi keng ta’sir ko‘rsatuvchi faolligiga ega.
Mikrob to‘qimalariga asosan bakteritsid ta’sir qiladi. Ta’sir mexanizmida xuddi penitsillin singari bakteriyalarni hujayra devori sintezini buzadi. Sefalosporinlarga mikroorganizmlarni o’rganib qolishi, asta-sekinlik bilan yuzaga keladi.
Sefalosporinlarni 4 ta avlodga bo‘lish mumkin.
Sefalosporinlarni birinchi avlodi-sefaloridin, sefaleksin, sefalotin va boshqalar. Ular asosan gramm musbat mikrofloralar- stafilakoklar, streptokoklarga ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari ushbu preparatlar ichak, difteriya tayoqchalariga, salmonellalar va shegellilarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Sefalosporinlarning ikkinchi avlodi- sefuroksim, sefoksitin, sefaklor va boshqalar - asosan gramm manfiy bakteriyalarga ta’sir ko‘rsatadi.
Sefalosporinlarning uchinchi avlodi-sefotaksin, seftazidin, sefaksim va boshqalar-ushbu preparatlar birinchi va ikkinchi avlod antibiotiklarga qaraganda mikroblarga yuqori ta’sir doirasiga ega bo‘lib, asosan gramm manfiy bakteriyalarga xususan ichak tayoqchalari va gemofilli tayoqchalarga nisbatan ta’sir doirasi faol hisoblanadi.
Sefalosporinlarning to‘rtinchi avlodi-sefperom, sefetsim va boshqalar. Ular ham uchinchi avlod vakillari singari mikroorganizmlarga yuqori ta’sir ko‘rsatish doirasiga ega. Xususan nafas olish organlarining o‘tkir va surunkali infeksiyalarida, siydik yo‘llari, jinsiy organlar va yumshoq to‘qimalar infeksiyalarida, shuningdek sepsis hamda oshqozon-ichak infeksiyalarida tavsiya etiladi.
Sefaleksin (Cefalexinum)-birinchi avlod. Ichga 5-12 mg/kg, bir kunda, 3 marta, 5-7 kun davomida qabul qilish tavsiya etiladi.
Sefuroksim (Cefuroximum)-ikkinchi avlod. Vena qon tomiriga va mushak orasiga 5-10 mg/kg, bir kunda 2 marta, 5-7 kun davomida yuborilib qo‘llaniladi.
Sefotaksim (Cefotaximum)-uchinchi avlod. Vena qon tomiriga va mushak orasiga 5-10 mg/kg, bir kunda 1-2 marta, 5-7 kun davomida qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |