Dezinfeksiya va antiseptika uchun qo‘llaniladigan moddalar Rp.: Menthyleni coerulei 0,1
Spiritus aethylici 60%—10,0
M. D. S. yelinni tozalash uchun
#
Rp.: Natrii biborici 5,0
Glycerini10,0
Spiritus aethylici 95%-100,0
M.D.S.teri kasalliklarida surtiladi.
#
Rp.: Mentholi 0,5
Spiritus aethylici 70%-50,0
M.D.S.qichimada surtiladi
XUSUSIY FARMAKOLOGIYA. 4-amaliy mashg’ulot: Oshqozon ichaklarga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar, preparatlar va turli shakllarda retseptlar yozish. Darsning maqsadi: Oshqozon ichaklarga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar, preparatlari, retseptning shakllari bo’yicha, hayvon turlari bo’yicha retseptlar yozish.
Darsning o’tkazish tartibi– Dars o’qituvchi bilan talabalar o’rtasidagi muloqat asosida olib borilib, barcha ma’lumotlar yozib tushintirib beriladi. retseptlar yozish.
Darsni o’tkazish uchun kerakli jihozlar va vositalar. Retsept shakli va turli xil dori vositalarining lotincha nomlari qisqartirib yozilgan jadvallar. Kafedrada mavjud bo’lgan dori vositalari, retsept qog’ozlari, adabiyotlar.
Moy surgilar. Moylar og‘iz orqali qabul qilingach oshqozonga tushib, oshqozondagi ozuqa massasini yumshatadi va bu massani ichaklarga o‘tishini tezlashtiradi. So‘ngra ichaklardagi ishqoriy muhit va fermentlar ta’sirida parchalanadi, yangi birikmalar hosil qilib, ichaklar retseptorlarini qitiqlaydi va surgi ta’sirini namoyon etadi.
Moy surgilariga qo‘yidagilar kiradi:
Kanakunjut moyi – kanakunjut o‘simligi urug‘laridan olinadi, tarkibida uch glitserid ritsinol kislota saqlaydi. Uchglitserin ritsinol kislotasi o‘z-o‘zidan surgi ta’sir etmaydi. Og‘iz orqali qabul qilinganda kanakunjut moyi oshqozondagi to‘plangan massani bo‘shatib ichaklar tomon harakat qilinishiga yordam qiladi. Shundan keyin u o‘n ikki barmoq ichakning ishqorli suyuqligida ritsinol kislotasining tuzlari va glitseringa parchalanadi. Mana shundan keyin o‘ziga xos ta’sir ko‘rsata boshlaydi, ya’ni ichaklardagi sezuvchi nerv uchlari retseptorlarini qitiqlaydi, natijada ingichka ichaklar qisqarishi tezlashadi va surgi ta’sirini namoyon qiladi. Lekin ritsinol kislotasi tuzlari juda tez so‘riladi, shuning uchun ham surgi ta’siri ingichka ichaklarda chegaralanib, yo‘g‘on ichaklar boshlanish bilan tamom bo‘ladi. Kanakunjut moyini nisbatan ingichka ichaklarga ta’sir etishi tufayli uni surgi ta’sirida ko‘proq go‘shtxo‘r va hammaxo‘r hayvonlarda qo‘llash samarali ta’siri, 4-6 soatdan keyin boshlanadi.